19:57 / 17.09.2017
6 192

Hattoki inglizlarning o‘zi ham ko‘pincha noto‘g‘ri talaffuz qiladigan 20 so‘z

Hattoki inglizlarning o‘zi ham ko‘pincha noto‘g‘ri talaffuz qiladigan 20 so‘z
Xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun ingliz tilidagi 20 so‘zning to‘g‘ri talaffuzini yodingizda saqlab qoling. "Layfxaker" hattoki til egalarining o‘zi ham ba’zan noto‘g‘ri talaffuz qiluvchi ingliz tilidagi so‘zlar bilan tanishtirdi.

1. Transient

Tarjimasi: qisqa muddatli

Bu so‘zning talaffuzi hatto inglizlarning o‘zida ham taajjub uyg‘otadi. Aksariyat lug‘atlarda [ʹtrænzıənt] shaklidagi transkripsiya berilgan. Biroq transient so‘zi - ikki bo‘g‘inli, shuning uchun u [ʹtrænʃənt] deya talaffuz qilinadi.


2. Status

Tarjima: mavqe, lavozim

To‘g‘ri talaffuzi [ʹstætəs] emas, [ʹsteıtəs] bo‘ladi.


3. Prelude

Tarjima: muqaddima, kirish

Bu so‘zni [ʹpreɪljuːd] sifatida talaffuz qilish noto‘g‘ri. To‘g‘ri variant - [ʹpreljuːd].


4. Valet

Tarjima: valet, kamerdiner

Bu fransuz tilidan olingan so‘z emas, shuning uchun oxirgi bo‘g‘inni [eɪ] sifatida talaffuz qilish mumkin emas. Valet'ning to‘g‘ri talaffuzi - [ʹvælit].


5. Forte

Tarjima: ustunlik

Agar bu so‘z kimningdir kuchli tomonini bildirmasa, u [fɔːt] etib talaffuz qilinadi. Agar musiqiy atamani nazarda tutayotgan bo‘lsangiz, [ʹfɔːteɪ] deya talaffuz qiling.


6. Err

Tarjimasi: xato qilish

U ko‘pchilik o‘ylagandek hair'ga emas, her'ga qofiyadosh. So‘zning transkripsiyasi - [ɜː].


7. Gala

Tarjimasi: bayramona

Lug‘atlarda gala so‘zini [ʹgaːlə] sifatida o‘qish kerakligi ta’kidlanadi. Biroq u [geɪlɑ] deya talaffuz qilinadi.


8. Applicable

Tarjimasi: to‘g‘ri keluvchi

Urg‘u ikkinchi emas, birinchi bo‘g‘inga tushishi kerak: [ʹæplɪkəbl].


9. Spherical

Tarjimasi: sharsimon

Ko‘pchilik bu so‘zni [ʹsfiːrɪkl] deya talaffuz qiladi, biroq aslida [ʹsferɪkl] deyish kerak.


10. Decrease

Tarjimasi: kichraytirish, kichraytirmoq

Otda urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushadi: [ʹdiːkriːs], fe’lda esa - ikkinchisiga: [diːʹkriːs].


11. Caramel

Tarjimasi: karamel

So‘z an’anaga ko‘ra, [ʹkærəmel] deya talaffuz qilinadi. Biroq shu bilan birga o‘rtag‘arb mintaqasi variantidagi talaffuz ham xato emas - [ʹkaːmel].


12. Mauve

Tarjimasi: binafsharang

Mauve so‘zini [məʊv] emas, [mɔːv] deya talaffuz qilish to‘g‘ri.


13. Regime

Tarjima: rejim

So‘zning to‘g‘ri transkripsiyasi quyidagicha: [reɪʹʒiːm].


14. Joust

Tarjimasi: ritsarlar turniri

XIII asrda bu so‘z just: [dʒʌst] deya talaffuz qilingan.


15. Either

Tarjimasi: ham.., ham...

[ʹaɪðə] sifatida talaffuz qilishga o‘rganib qolganmisiz? To‘g‘ri talaffuz esa - [ʹiːðə].


16. Quasi

Tarjimasi: go‘yoki

Bugun ko‘proq [ʹkwɑːsɪ] deb talaffuz qilinadi, biroq [ʹkweɪsɪ] desa to‘g‘riroq.


17. Long-lived

Tarjimasi: uzoq umr ko‘ruvchi

Hozirgi [ˌlɔːŋʹlɪvd] talaffuzidan farqli o‘laroq, long-lived XX asrga qadar [ˌlɔːŋʹlaɪvd] deyilgan.


18. Comptroller

Tarjimasi: moliyaviy inspektor, nazoratchi

Bu lavozim nomi [kənʹtrəʊlə] deya talaffuz qilinadi.


19. Gyro

Tarjimasi: giros

Bu Gretsiyaning shourmaga o‘xshash taomi. Shuning uchun ham u yunoncha talaffuz qilinadi - [ʹjiːrɔ].


20. Victuals

Tarjimasi: proviant

Bu inglizcha so‘z [ʹvɪtəlz] deya talaffuz qilinadi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Hattoki inglizlarning o‘zi ham ko‘pincha noto‘g‘ri talaffuz qiladigan 20 so‘z