Lavash xamiridan — 10 daqiqada tayyor bo‘ladigan oddiy, to‘yimli va tez taom

1 daqiqa o'qish404
Lavash xamiridan — 10 daqiqada tayyor bo‘ladigan oddiy, to‘yimli va tez taom

Lavashdan aql bovar qilmaydigan miqdorda taomlar tayyorlash mumkin! U xamir va nonni osongina almashtiradi, uy bekalariga yaqinlarini noodatiy va mazali gazaklar bilan hayratda qoldirishga yordam beradi.

Qiymadan tayyorlangan sersuv nachinkali ishtahaochar qarsildoq non retseptini ulashamiz. Tez to‘yimli taom tayyorlash kerak bo‘lganda haqiqiy yordamchi.

Masalliqlar:

— 1 ta piyoz;

— 3 ta sarimsoq bo‘lagi;

— 200 g har qanday qiyma;

— tuz, qora murch va qalampirmunchoq - ta’bga ko‘ra;

— o‘simlik yog‘i - 10 g;

— ko‘kat - ta’bga ko‘ra;

— 2 ta yumaloq lavash;

— qattiq pishloq - 50 g.

Tayyorlash tartibi:

Oldindan 2 ta yumaloq lavash tayyorlab qo‘ying. Ulardan birini diametri kichraytirilib, chetlaridan 2 sm kenglikda tasma qirqib olinadi. Kichikroq lavash non uchun "qopqoq" vazifasini o‘taydi.

1-qadam

Tovada yog‘ni qizdirib, mayda to‘g‘ralgan piyozni terib chiqamiz. Qovurish 2 daqiqa. Pressdan o‘tkazilgan sarimsoqpiyozni solib, yana bir necha daqiqa qovuramiz. Qiyma, tuz, murch, qalampirmunchoq solib, aralashtirib turgan holda go‘sht pishguncha qovuramiz. Eng oxirida qiymaga mayda to‘g‘ralgan ko‘katlarni solib aralashtiramiz va tovani olovdan olamiz.

Lavash xamiridan — 10 daqiqada tayyor bo‘ladigan oddiy, to‘yimli va tez taom

2-qadam

Nonni shakllantiramiz. Toza tovaga (u olovda emas!) katta yumaloq lavash qo‘yamiz, ustiga qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq sepamiz. Qiymadan nachinka qo‘yamiz. Qiymani mayda lavash bilan yopamiz. Kichik lavashning chetlariga pishloq sepib, katta lavashning chetlari bilan shu pishloqni yopamiz. Taom o‘z shaklini saqlab qolishi uchun nonning ustiga yassi likopcha yopamiz.

3-qadam

O‘rtadagi olovga boshqa tovani qo‘yamiz. Nonni (tarelka bilan birga) to‘ntarib, ehtiyotkorlik bilan ushbu tovaga qo‘yamiz (kichik lavash pastga qaratiladi). Ikki tomonini 3 daqiqadan qovuramiz. Nonni ag‘darish uchun likopchadan foydalaning. Shunda u shaklini saqlab qoladi, asosi esa to‘kilib ketmaydi.

Natijada juda mazali va qarsildoq non hosil bo‘ladi. U tushlik, kechki ovqat va yengil tamaddi uchun juda mos keladi! Yoqimli ishtaha!

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?