date

Dam olish kunlari bizni qanday ob-havo kutmoqda?

Dam olish kunlari bizni qanday ob-havo kutmoqda?

O‘zgidromet 12-15-dekabr kunlari kutilgan ob-havo haqida xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi, shuningdek tumanlar tushishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda havo o‘zgaruvchan bo‘lib, 14-dekabrda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kechasi 0-5°C sovuq, kunduzi 3-8°C iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiyda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 2-7°C, kunduzi esa 7-12°C iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi, tumanlar bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 4-9°C, kunduzi esa 11-16°C iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda yomg‘ir yog‘ishi faqat 14-dekabrda kutilmoqda. Harorat kechasi 4-9°C, kunduzi esa 14-19°C iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘onada havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yomg‘ir yog‘ishi, tumanlar bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 0-5°C, kunduzi esa 8-13°C iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik va tumanlar, harorat esa 2°C sovuqdan 6°C iliqqacha o‘zgaradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Dam olish kunlari bizni qanday ob-havo kutmoqda?