date

54% ajrimlar sabog‘i: Qizlar uchun mustahkam oilaning 6 oltin mezoni!

54% ajrimlar sabog‘i: Qizlar uchun mustahkam oilaning 6 oltin mezoni!

O‘zbekistonda 2024 yilda 45 mingdan ortiq oila ajrashgan. Afsuski, bu ajrimlarning 54 foiziga — “fe’l-atvor uyg‘un emasligi” sabab bo‘lgan. Bu statistika bitta haqiqatni ko‘rsatadi: oila qurish faqat sevgi va to‘y emas, balki ikki insonning dunyoqarashi va hayotga yondashuvi qay darajada mos ekanidir. Ammo ko‘pincha tanlov ota-ona ixtiyoriga tashlab qo‘yilishi natijasida yoshlarning haqiqiy ehtiyoji e’tibordan chetda qoladi. Shunday ekan, ajrimlarni kamaytirish uchun yondashuvni o‘zgartirish — muhim vazifa.

Mustahkam oilaning asosi uchun qizlar 6 ta oltin mezonlarga e’tibor berishlari lozim:

1. Xulq-atvor va insof

Xulq-atvor va insof birinchi o‘rinda turadi. Yaxshi, javobgarlikni his qiladigan va sizni qadrlaydigan yigit — oila poydevori. Aksincha, doim jahl bilan gapiradigan, nazoratchi, haqoratga moyil erkak bilan tinch hayot kechirish qiyin.

2. Qo‘llab-quvvatlash

Oilada doim ham yaxshi vaziyat bo‘lavermaydi. Qiz shunday yigitni tanlashi kerakki, u qiyin paytda mushkul damda tashlab ketmasligi kerak, balki "sening muammoing — mening muammoim" deb yonida tursin.

3. Emotsional barqarorlik

Agar nomzod haftada bir-ikki kun izsiz g‘oyib bo‘lsa, xafa bo‘lganda jim “yo‘qolib” qolsa yoki “o‘ch olish” odatlari bo‘lsa — bu xavfli signal. Bunday munosabat qizning ma’naviy hayotini yemirib boradi.

4. Dunyoqarash mosligi

Dunyoqarash mosligi oiladagi tinchlikning boshlanishi. Faqat tashqi ko‘rinish yoki romantika asosida tanlov qilish katta xato. O‘zingizga savol bering: "Biz hayotdan bir xil narsani istaymizmi?"

5. Oilaga munosabat

Yigitning onasiga, opa-singlisiga munosabati uning bo‘lajak xotiniga munosabatining haqiqiy oynasidir. Bu haqda surishtiruv qilish — ertangi kuninigizni bilish demak.

6. Moliyaviy mas’uliyat

Puldorlikdan ko‘ra, barqarorlik katta o‘rin tutadi. Uning ishlashi, rivojlanishga harakat qilishi va javobgarlikni his qilishi muhim mezon. Boylik bo‘lish shart emas, lekin mas’uliyatga jiddiy yondashishi kerak.

Eng asosiyisi, qizlarga “er tanlash”ni emas, “o‘z qadriятларини anglash”ni o‘rgatish kerak. O‘z qadrini bilgan ayol shoshmaydi, nomzoddagi salbiy belgılarni ko‘rmaslikka olmaydi. Eslatma: “To‘ydan keyin o‘zgaradi” — bu mifdan boshqa narsa emas. Hozir uni qanday ko‘rayotgan bo‘lsangiz, u shundayligicha qoladi.

Muhabbat va hurmat umrboqiy bo‘lishi uchun, quyidagi mini-test yordamida nomzodingizni baholab ko‘ring (har bir bandni 1 dan 5 gacha baholang):

  • Uning yaqinida o‘zimni xavfsiz va hurmatli his qilaman.

  • Muammo chiqqan paytda u mulohaza bilan yondashadi.

  • Bizda suhbat, qarashlar va maqsadlarda uyg‘unlik bor.

  • “Keyin o‘zgarar” degan umidim yo‘q.

  • U oilasiga, yaqinlariga hurmat bilan munosabatda.

  • U ish, moddiy jihat va mas’uliyatni jiddiy qabul qiladi.

  • U meni do‘stim kabi qo‘llab-quvvatlaydi.

Natija:

- 30+ ball – oila qurishni reja qilish mumkin;

- 20–29 ball – yana kuzatuv zarur;

- 20 dan kam – bu munosabatda jiddiy xavf mavjud.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Foydali » 54% ajrimlar sabog‘i: Qizlar uchun mustahkam oilaning 6 oltin mezoni!