Pol Merson Mo Salahni himoya qildi

Sobiq futbolchi Pol Merson Misrning yetakchi hujumchisi Muhammad Salahning "Liverpul"dagi holati haqida fikr bildirdi. Salah klub rahbariyatini o‘ziga nisbatan adolatsizlikda ayblab, jamoa bilan kelishmovchilikka tushgan.
Bu holatning oqibati sifatida 33 yoshli futbolchi Chempionlar ligasidagi "Inter"ga qarshi o‘yinda "Liverpul"ning asosiy tarkibiga kiritilmadi. "Men Mo Salahning tarafidaman.
Menimcha, uni haddan tashqari ko‘p tanqid qilishyapti. Balki u intervyusida bunday so‘zlarni aytmasligi kerak edi, lekin u ham inson, u g‘olib va u afsonadir", dedi Pol Merson The Anfield Talk nashriga.
Hozircha "Liverpul" Muhammad Salahni asosiy tarkibga qaytarish haqida qaror qabul qilgan-qilmagani noma’lum. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing