date

Lautaro Martinez Barselonaga o‘tishni xohlamoqda

Lautaro Martinez Barselonaga o‘tishni xohlamoqda
Milanning "Inter" jamoasi hujumchisi va jamoa sardori Lautaro Martinez faoliyatini boshqa top-klubda davom ettirishni istayotgan ko‘rinadi. El Nacional nashrining xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi Robert Levandovskiyning "Barselona"dagi vorisi bo‘lishga qiziqish bildirgan.

28 yoshli futbolchi joriy mavsum yakunlanganidan keyin Kataloniya klubi holatini kuzatib borishini ma’lum qilgan. Lautaro Martinezning "Inter" bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning o‘rtalariga qadar kuchga ega.

U 2018-yil yozidan beri ushbu jamoa sharafini himoya qilib keladi. Avvalroq, ommaviy axborot vositalarida "Barselona"ning Levandovskiy bilan xayrlashish arafasida Lautaroga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lautaro Martinez Barselonaga o‘tishni xohlamoqda