
Dortmundning "Borussiya" klubi markaziy himoyachi Niko Shlotterbekka qiziqish bildirayotgan top-klublar haqida xabardor. 26 yoshli futbolchi uchun Madridning "Real" klubi allaqachon bir necha oydan beri da'vogar bo‘lib kelmoqda.
Yaqinda "qaymoqranglilar" Edar Militaoni jiddiy jarohat tufayli uzoq muddatga yo‘qotdi. Shu sababli, klub markaziy himoyani kuchaytirish ishlariga yanada jiddiy e'tibor qaratmoqda.
Bu xabarni eshitgan "Borussiya" rahbariyati Shlotterbekning transfer narxini 60 million yevroga oshirganini Defensa Central nashri xabar qildi. Futbolchining amaldagi shartnomasi yana bir yarim yildan so‘ng yakuniga yetadi, ammo "ariylar" uni uzaytirishga umid qilmoqda.
Niko Shlotterbek uchun "Bavariya", "Barselona" va "Liverpul" klublari ham kurashmoqda. Muzokaralar yanvar oyida boshlanishi ehtimoldan holi emas.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.