date

Doimiy charchoqdan qutulishning eng samarali yo‘llari

Doimiy charchoqdan qutulishning eng samarali yo‘llari

Kuz fasli boshlanishi bilan ko‘p odamlarda aniq sababsiz charchoq, ruhiy va jismoniy holsizlik sezila boshlaydi. Kundalik vazifalarga kuch yetmaydi, hatto oddiy ishlar ham og‘irdek tuyuladi. Quvvatni qanday tiklash mumkin? Avvalo, organizmdagi energiya qayerga yo‘qolganini aniqlash zarur. Ya’ni holatning oqibatlari bilan emas, uning ildiz sababi bilan kurashish muhim.

Shifokor ko‘rigidan o‘tish — birinchi qadam. Chunki ba’zan jismoniy faollik kamligi, parfyumeriya va tutun hidlariga ortiqcha sezuvchanlik, mushaklarda muntazam og‘riqlar, bo‘g‘imlarda zaiflik, diqqatni jamlay olmaslik va tez-tez tushkunlikka tushish ham uzluksiz charchoqning belgisi bo‘ladi.

Tibbiy tekshiruvlar qanday yordam beradi?

Mutaxassislar birinchi navbatda qonning to‘liq tahlilini va leykotsitlar formurasini tavsiya qilishadi. Bu aniq belgilar bilan namoyon bo‘lmagan, ammo umumiy salomatlikka ta’sir qilayotgan yashirin kasalliklarni ko‘rsatishi mumkin. Qalqonsimon bez gormonlari — TSH, T4sv, T3sv va AT-TPO — organizmdagi kuchsizlik, ruhiy tushkunlik, energiya tanqisligi kabi holatlarning asosiy sabablaridan biri bo‘ladi.

Prolaktin va kortizol ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar esa doimiy stressga ishora qiladi. Bunday holat nafaqat asab tizimiga, balki endokrin tizimi va umumiy salomatlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ovqatlanish va vitaminlar yetishmasligi

Ko‘pincha energiya tanqisligi noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘ladi. Gemoglobin va ferritin miqdorining kamayishi anemiya, vitamin va minerallar yetishmasligidan darak beradi. D vitamini (25 OH) darajasi ham juda muhim — u oziq moddalarni energiyaga aylantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Quvvat yetishmasligi, charchoq va “bosh og‘irligi” ayni shu vitamin tanqisligining belgisi bo‘lishi mumkin.

Natijalarga qarab shifokor zarur tavsiyalarni beradi. Laboratoriya natijalarini faqat mutaxassis to‘g‘ri talqin qilishi mumkin.

Nima qilish kerak? Amaliy tavsiyalar

Salomatlik qay darajada bo‘lishidan qat’i nazar, quyidagi tavsiyalar energiyani qayta tiklashga yordam beradi:

— Ratsionni to‘g‘ri tuzish. Ovqat kaloriyasi yetarli bo‘lish kerak. Organizm olgan energiyasini qaytarib olmasa, charchoq doimiyga aylanadi.

— Vitamin va mineral kamchiliklarini bartaraf etish. Bu faqat qo‘shimcha vositalarni qabul qilish emas, balki to‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq.

— Uyqu rejimiga amal qilish. Sirkad ritmiga ko‘ra 22:30–23:00 orasida uxlab, 06:00–07:00 da uyg‘onish tavsiya etiladi. Xona to‘liq qorong‘i bo‘lishi muhim. Uyqu yetishmasligi diqqatni susaytiradi, miya faoliyatini pasaytiradi va kuchni kamaytiradi.

— Jismoniy faollik. Sport zal, yugurish, suzish, raqs — tanlash imkoniyati ko‘p. Agar bunga imkon bo‘lmasa, oddiy piyoda yurish ham organizmga katta foyda beradi. Bu nafaqat energetik quvvatni tiklaydi, balki stress bilan kurashishda ham juda samarali.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Foydali » Doimiy charchoqdan qutulishning eng samarali yo‘llari