date

Zelenskiy: aqsh tinchlik rejasi: donbassda demilitarizatsiya zonasi!

Zelenskiy: aqsh tinchlik rejasi: donbassda demilitarizatsiya zonasi!

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, AQSH mamlakatdagi harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar doirasida Ukraina sharqida demilitarizatsiya qilingan maxsus iqtisodiy zona barpo etishni taklif qilmoqda.

Doneskdagi muzokaralar nuqtasi

Zelenskiy 11 dekabr, payshanba kuni Kiyevda jurnalistlar bilan uchrashuvda Amerika tomonining taklifining muhim jihatlarini ochiqladi:

"Ular (AQSH tomoni)ning taklifiga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari Donesk viloyati hududini tark etadi. Ya’ni, taklif qilinayotgan kompromiss shundan iboratki, Rossiya Qurolli kuchlari bu hududga kirmaydi".

Shu bilan birga, Ukraina prezidenti AQSH bilan muzokaralarda bahsli bo‘lib qolayotgan asosiy masalalardan biri aynan "Donesk viloyati hududi va u bilan bog‘liq barcha masalalar" ekanini tasdiqladi. Ikkinchi tortishuv nuqtasi esa Rossiya nazorati ostida turgan Zaporijjya atom elektr stansiyasining kelajakdagi maqomi hisoblanadi.

Qo‘shinlarni olib chiqishdagi farqlar

Zelenskiyning aytishicha, AQSH rejasiga muvofiq, Rossiya armiyasi Donesk, Xerson va Zaporijjya viloyatlaridan qo‘shin chiqarishga majbur qilinmasligi mumkin. Ammo amerikaliklarning rejasiga ko‘ra, Rossiya Dnipropetrovsk, Xarkiv va Sumi viloyatlaridan o‘z harbiylarini olib chiqishi shart bo‘ladi.

Xalqning so‘nggi qarori

Ukraina prezidenti mamlakat hududi bilan bog‘liq har qanday imtiyoz yoki murosa masalasi butun xalq ishtirokidagi muhokamaga qo‘yilishi zarurligini ta’kidladi:

Zelenskiy: "Menimcha, bu savolga ukrain xalqi javob berishi kerak. Bu saylov orqalimi yoki referendum orqalimi — baribir, ukrain xalqining pozitsiyasi ifoda etilishi shart".

Xavfsizlik kafolatlari muhokamasi

Zelenskiy shuningdek, AQSH ma’muriyati vakillari bilan Ukraina uchun ehtimoliy Amerika xavfsizlik kafolatlarini muhokama etganini ma’lum qildi. U X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter) AQSH tomoni bilan "konstruktiv va batafsil suhbat" o‘tkazganini qayd etgan.

Telefon orqali bo‘lib o‘tgan muloqotda AQSH davlat kotibi Marko Rubio, mudofaa vaziri Pit Hegset, AQSHning maxsus vakili Stiv Uitkoff, shuningdek Donald Trampning kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner ishtirok etgan.

"Yaqin kelajakda xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha aniqroq tushuncha paydo bo‘ladi", — dedi Zelenskiy.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy: aqsh tinchlik rejasi: donbassda demilitarizatsiya zonasi!