
Qanday taassurot qoldirishingiz ko‘proq sizning ovozingiz va gapirish tarzingizga bog‘liq. Agar rahbaringiz bilan bo‘ladigan keyingi suhbatda yoki hamkasblaringiz oldida chiqish qilishda dadilroq ko‘rinishni xohlasangiz, mana bu maslahatlardan foydalaning.
Nimani o‘zgartirishingiz kerakligini tushuning
Nutqingizni turli jihatdan baholang va siz aynan nimaning ustida ishlashingiz kerakligiga qaror qiling. Agar muammo nimada ekanligini o‘zingiz tushunishingiz qiyin bo‘lsa, do‘stingiz yoki hamkasbingizdan yordam so‘rang yoki diktofonga yozib oling.
Ohang
Bizning gaplarimizni eshituvchilarning qanday qabul qilishi, ko‘pincha uni qanday ohangda aytishimizga bog‘liq. Masalan, har bir gapning oxiridagi savol ohangi sizning gaplaringizga ishonch tug‘diradi.
Sur’at
To‘xtovsiz haddan tashqari tez gapirish siz asabiylashayotgandek taassurot qoldiradi.
Balandlik
Haddan tashqari past yoki haddan tashqari baland ovoz ham sizga dadillik qo‘shmaydi. Aniq eshitilishi, lekin siz qo‘pol bo‘lib ko‘rinmasligingiz uchun odatdagidan biroz balandroq gapirishga harakat qiling.
To‘xtamlarni to‘ldiruvchilar
«A-a», «e-e», «imm» va boshqa shunga o‘xshash ovozlar gaplarni o‘zlashtirishni qiyinlashtiradi.
Dadillikni yana qanday oshirish mumkin?
1. Holat
Oyoqlarni yelka kengligida qo‘yib va qaddingizni to‘g‘rilab turing, gapirayotganda harakatlaringiz odatdagidek — o‘zingizni bemalol suhbatlashayotgandagidek tuting.
2. Ko‘z bilan aloqa
Agar odamlar guruhi oldida gapirayotgan bo‘lsangiz, navbat bilan 3-5 soniya davomida har xil odamlarning ko‘zlariga qarang. Bir kishi bilan suhbatlashishda nigohingizni boshqa tomonga olishingiz, keyin esa yana suhbatdoshingizning ko‘ziga qarashingiz mumkin.
Manba: «Daryo» “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar