date

Qizil, sariq va yashil bulg'or qalampiri — qaysi biri ko‘proq foydali?

Qizil, sariq va yashil bulg'or qalampiri — qaysi biri ko‘proq foydali?

Bulg'or qalampiri (sladkiy peres) — o‘zining rang-barangligi, shirin ta’mi va bebaho foydasi bilan barcha oshxonalarning sevimli sabzavotidir. Uni salatdan tortib go‘shtli taomlargacha qo‘shish mumkin. Ammo ko‘pchilik bilmaydigan jihati shundaki, qalampirning rangi ham uning tarkibidagi vitamin va minerallar bilan bog‘liq.

Qizil qalampir

Qizil qalampir A vitamini va likopenga juda boy. Likopen — kuchli antioksidant bo‘lib, hujayralarni erkin radikallardan himoya qiladi, saraton xavfini kamaytiradi. Qizil qalampirdagi A vitamini ko‘z salomatligi va teriga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, u yurak-qon tomir tizimini quvvatlantiradi.

Sariq qalampir

Sariq qalampir “immunitet qalqoni” deb ham ataladi. Uning tarkibida S vitamini juda ko‘p — hatto limondan ham ko‘proq! Bir dona sariq qalampir insonning kunlik S vitamini ehtiyojiga yaqin qiymatni ta’minlaydi. Bu esa shamollash va virusli kasalliklardan himoya qilishda muhim. Shuningdek, sariq qalampir stressni kamaytiradi va charchoqni yo‘qotadi.

Yashil qalampir

Yashil qalampir — organizmni “tozalovchi” sabzavot. Unda foliy kislota, Ye vitamini va turli antioksidantlar bor. Ular asab tizimini muvozanatda ushlaydi, qon aylanishini yaxshilaydi, jigar va buyrak faoliyatini quvvatlaydi. Shuningdek, yashil qalampir ovqat hazm qilishni yengillashtiradi.

Qizil, sariq va yashil qalampirni doimiy ravishda iste’mol qilish immunitetni kuchaytiradi, teri va soch salomatligini saqlaydi, organizmga yangi kuch va energiya baxsh etadi.

Bundan tashqari, bulg'or qalampiri kaloriyasi juda past (100 grammda atigi 25-30 kkal), shuning uchun ortiqcha vazndan qo‘rqmasdan iste’mol qilish mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Qizil, sariq va yashil bulg'or qalampiri — qaysi biri ko‘proq foydali?