Mikroplastiklar kundalik hayotimizda ko‘plab mahsulot va buyumlarda uchraydi. Ular ichimlik suviga, go‘sht, baliq, sabzavot va tuxumga ham o‘tib ketishi mumkin. Odam ko‘zi bilan ko‘rinmaydi, lekin organizmga tushib, sog‘liq uchun xavf tug‘diradi.
Tadqiqotlar plastik qadoqlarda saqlangan yoki qayta ishlangan mahsulotlarda mikroplastiklar ko‘proq bo‘lishini ko‘rsatmoqda.
Plastik idish-tovoqlar ham mikroplastik manbai hisoblanadi. Plastmassa tovoq va taxtachalardan foydalanish ovqatga mayda bo‘lakchalar qo‘shishi mumkin. Mutaxassislar shisha yoki metall idishlardan foydalanishni maslahat beradi.
Olimlar global darajada plastik chiqindilarni kamaytirish orqali muammoni sezilarli darajada yengillashtirish mumkinligini aytmoqda. Qayta ishlangan ovqatlardan voz kechish, suvni filtrdan o‘tkazish va eski plastmassa buyumlarni almashtirish eng samarali choralar bo‘lib qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!