Ko‘ngil aynishi ovqat hazm bo‘lmaganda, viruslarda, yoqimsiz hidlardan yoki stress natijasida yuzaga kelishi mumkin. "Layfxaker" ushbu yoqimsiz holatni yengillashtirishga yordam beruvchi bir necha oddiy tavsiyalar bilan bo‘lishdi.
1. Yotib olmang
Yotgan holatda oshqozon suyuqligi qizilo‘ngachga ko‘tarilishi mumkin, bu esa ko‘ngil aynishi va noqulaylik hissini kuchaytiradi. Shu bois ovqatdan keyin darhol uxlashga yotish tavsiya etilmaydi. Shu bilan birga qorin mushaklarini siqmaslikka harakat qiling. Ko‘nglingiz behuzur bo‘layotgan bo‘lsa, o‘tirib oling va imkon qadar kamroq harakatlaning.
2. Derazani oching yoki ventilyator qarshisiga o‘tirib oling
Shu tariqa yoqimsiz hidlardan xalos bo‘lasiz va chalg‘iysiz. Toza havo yengillik hissini beradi. Aynan shuning uchun transportda ko‘ngli ayniyotganlar derazadan qarashga harakat qilishadi.
3. Sovuq kompress qiling
Ko‘ngil ayniganda harorat ko‘tarilishi mumkin. Bo‘yinning orqa sohasiga bir necha daqiqaga sovuq kompress qo‘ying. Bu haroratni tushirish va ko‘ngil aynishini kamaytirishga yordam beradi.
4. Chuqur nafas oling
Bu ayniqsa stress yoki qattiq tashvish ketidan kelgan ko‘ngil aynishida foyda beradi. Burun orqali chuqur nafas oling va uni 3 soniyaga ushlab turing-da asta-sekinlik bilan chiqaring. Bu mashqni bir necha marta takrorlang.
5. Chalg‘ishga harakat qiling
Ko‘ngil ayniyotgani haqida qancha ko‘p o‘ylasangiz, o‘zingizni shuncha yomon his qilasiz. Biror kitob yoki filmga chalg‘ishga harakat qiling. Agar ishda bo‘lsangiz, bir necha marta chuqur nafas oling, keyin anchadan beri orqaga surib kelayotgan ish bilan shug‘ullaning.
6. Ko‘proq suyuqlik iching
Ko‘ngil aynishi suvsizlanish belgisi ham bo‘lishi mumkin, biroq bittada ko‘p suv ichib yuborish yoqimsiz hislarni yanada kuchaytirishi mumkin. Butun bir kun davomida ko‘p marta oz-ozdan suyuqlik ichishga harakat qiling. Agar oddiy suv ichgingiz kelmasa, meva bo‘laklari solingan suv ichishingiz mumkin.
7. Moychechakli choy iching
Moychechak — ko‘ngil aynishiga qarshi xalq tabobatining mashhur vositasi. Shu bilan birga u insonni tinchlantiradi va uxlashga yordam beradi. Bir osh qoshiq moychechak gullari ustidan bir stakan qaynagan suv quying, 5 daqiqa dimlanishini kuting-da, so‘ng iching.
8. Limon hidlang
Limonda ovqat hazm qilish uchun foydali limon kislotasi mavjud. Agar ko‘ngil aynishi qabziyat natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa, limon sharbati qo‘shilgan qaynagan suv ichaklarni rag‘batlantirishga yordam beradi. Faqat oshirib yubormang - ortiqcha limon kislotasi ko‘ngil aynishini kuchaytirib yuborishi ham mumkin.
Limonning hatto hidi ham ko‘ngil aynishida yordam berishi mumkin. Efir yog‘i yoki shunchaki yangi kesilgan limonni hidlang.
9. Bir tilim zanjabil iste’mol qiling
Zanjabil qayd qilishga qarshi xususiyatlarga ega. Ko‘ngil ayniganda bir bo‘lak zanjabil iste’mol qiling yoki zanjabilli choy iching.
10. Yalpiz qaynating
Yalpiz kapsulalarini qabul qiling yoki yalpizli choy iching. Yalpiz efir moyi yoki yangi uzilgan barglarining hidi ham ko‘ngil aynishida yordam beradi.
11. Gazlangan ichimlik ichmang
Bunday ichimliklardagi gazlar qorinni dam qilishi mumkin. Ulardagi qand miqdorining ko‘pligi esa ko‘ngil aynishini yanada kuchaytiradi. Agar gazlangan suvdan boshqa hech narsa bo‘lmasa, uning gazlari chiqib ketishini poylang va shundan keyingina iching.
12. Og‘ir ovqat iste’mol qilmang
Odatda ko‘ngil aynishidan keyin qayta tiklanish uchun banan, guruch, olma pyuresini yeyish tavsiya etiladi. Shu bilan birga biroz makaron (soussiz), kartoshka pyuresi, qaynatilgan tuxum ham yeyish mumkin. Ko‘ngil aynishidan xalos bo‘lgunga qadar qovurilgan, sutli, go‘shtli va sellyulozaga boy mahsulotlardan voz keching.
Ko‘ngil aynishi boshqa belgilar bilan birga kuzatilsa, shifokorga murojaat qiling. Masalan, ko‘ngil aynishi va ko‘krak qafasidagi og‘riq yurak xuruji belgisi bo‘lishi mumkin. Ko‘ngil aynishi va kuchli bosh og‘rig‘i esa asab tizimidagi muammolarga ishora bo‘lishi mumkin.
Ko‘ngil aynishi muntazam ravishda davom etsa yoki uning natijasida vazningiz kamaysa, albatta shifokorga murojaat qiling.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Primorsk o‘lkasi O‘zbekiston bilan turizm sohasida hamkorlikni yanada kengaytirmoqchi
Qirg‘izistonda elektron sigaretalar taqiqlanmoqda
Bryus Lining sirli o‘limi tafsilotlari aniqlandi
Taker Karlson: Zelenskiy o‘z muddatini o‘tab bo‘lgan va hokimiyatda qolishda davom etmoqda
Ukraina elchisi: “Rossiya armiyasi Odessa va Nikolayevni bosib olishiga Turkiya to‘sqinlik qilgan”