Chaqaloq hayotida 5–6 oylik bosqich juda muhim. Bu vaqtda bola nafaqat ona sutidan, balki qo‘shimcha ovqatdan ham energiya va foydali moddalar olishi kerak. Pediatrlar ta’kidlashicha, ovqatlanishdagi har bir qadam asta-sekin va to‘g‘ri yo‘l bilan amalga oshirilishi zarur.
5 oylikda: tanishuv boshlanadi
- Asosiy ovqat — ona suti yoki maxsus (smes).
- Qo‘shimcha sifatida suyuqroq sabzavot pyuresi (kabachki, sabzi, kartoshka, brokkoli, gulkaram) tavsiya etiladi.
- Bir xil mahsulotni 3–5 kun davomida berib, allergiya yoki hazm muammosi kuzatilmasligini tekshiring.
6 oylikda: rang-baranglikka qadam
- Bu vaqtda bola glyutensiz kasha (grechka, jo‘xori, sholi) bilan tanishishi mumkin.
- Olma, banan yoki nok pyuresini kichik miqdorda berish mumkin.
- Tuz, shakar va hech qanday ziravorlar qo‘shmang.
Nimalarga e’tibor berish kerak?
- Ovqat porsiyalari kichik bo‘lishi lozim: 1–2 qoshiqdan boshlang.
- Yangi mahsulotni kunduzi bering — shunda boladagi reaksiyani oson kuzatish mumkin.
- Agar hazm muammosi yoki toshma kuzatilsa, mahsulotni vaqtincha to‘xtating va shifokor bilan maslahatlashing.
Mutaxassislar ta’kidlaydi: har bir chaqaloqning rivojlanishi turlicha. Shuning uchun ovqatlanishga oid qarorlarni pediatr maslahati bilan qabul qilish eng xavfsiz yo‘l hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!