date

2025-yilning eng yaxshi elektromobillari aniqlandi...

2025-yilning eng yaxshi elektromobillari aniqlandi...

Hozirgi paytda dunyodagi yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilardan deyarli barchasi elektr quvvatida harakatlanuvchi yangi avlod mashinalarini ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratmoqda. Bozorda turli brend va modellar soni shiddat bilan ko‘payib borayotgani sababli, ko‘plab xaridorlar qaysi elektromobilga ustuvorlik berish kerakligini aniqlashda qiynalmoqda.

Shu munosabat bilan Britaniyaning mashhur Autocar nashri 2025-yilning eng yaxshi 10 ta elektromobili ro‘yxatini e’lon qildi. Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, bu yil tanlangan modellar o‘z raqobatchilaridan bir qator jihatlarda sezilarli darajada ustunlikka ega.

TOP-10 eng yaxshi elektromobillar (2025-yil):

- Kia EV3

- Hyundai Ioniq 5 N

- Cupra Born

- Renault 5 EV

- Volkswagen ID 7

- Porsche Taycan

- Rolls-Royce Spectre

- Tesla Model 3

- BMW i7

- Skoda Elroq

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Kia EV3 yilning eng yaxshi elektromobili deb topildi. Ushbu model 2024-yildan bozorga chiqarilayotgan ixcham krossover bo‘lib, katta masofa zaxirasi, zamonaviy axborot-ko‘ngilochar tizimi, keng salon va sig‘imli yukxonasi bilan ajralib turadi.

Autocar test-drayveri Ilya Verprayet ta’kidlaganidek: «Garchand Kia EV3 birinchi qarashda inqilobiy o‘zgarishdek tuyulmasa-da, amalda u jiddiy qadam hisoblanadi. Ushbu segmentdagi raqobatni kuchaytiradi va xaridorlarga yanada jozibali variant sifatida taqdim etiladi».

Avtomobilning asosiy afzalliklaridan biri — 81,4 kVt·soatli akkumulyator bo‘lib, u to‘liq zaryadda taxminan 375 mil (600 kilometrga yaqin) yo‘l bosib o‘tish imkonini beradi. Shu bilan birga, modelning narxi ham ayni paytdagi muhokamaga sabab bo‘lmoqda. Kia EV3 bozorda 32 215 funt sterlingdan boshlanadi.

Avtomobil ekspertlari fikricha, Kia EV3 amaliylik, samaradorlik va ko‘p qirralilikni hamyonbop narxga nisbatan muvozanatda taklif eta oladigan qimmatli tanlov sifatida e’tirof etilmoqda. Shu tariqa u 2025-yilning eng yaxshi elektromobili sifatida tan olindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » 2025-yilning eng yaxshi elektromobillari aniqlandi...