22:53 / 03.03.2018
7 596

Xotirjam uyquga ketishning 6 usuli

Xotirjam uyquga ketishning 6 usuli
Uyqu madaniyatini bolalik davridan bilish muhim. Biroq ota-onalar kechki ovqatni soat 21:00 da tayyorlashsa, bolaning ko‘ziga uyqu keladimi? Shu bois avvalo ularning o‘zlari farzandlariga o‘rnak bo‘lishi kerak.

Uyquga tayyorgarlik. Uyqu oldidan kunduzgi tashvish va xavotirlarni unutgan ma’qul. Miyani televizor ko‘rish, turli intensiv jismoniy bosimlar bilan to‘ldirmang.

Oshqozonga achining. “To‘ldirilgan” oshqozon uyquga do‘st bo‘la olmaydi. Uyqu oldidan kofe, alkogolli ichimliklar iste’mol qilish, tamaki chekish tavsiya etilmaydi.

Relaks. Uyqu tunda iliq vanna qabul qilgan, nafas mashqlarini bajargan, sokin musiqa tinglagan insonlarga tezroq “o‘z bag‘rini” ochadi.

Mashqlar bajarish. Jismoniy mashqlar antistress vazifasini o‘taydi. Qolaversa, soat 17:00 dan 20:00 gacha sayr qilish ham juda foydali. Biroq uxlashdan 2 soat avval mashqlarni to‘xtatish lozim.

Qulay uyqu. Unga ega bo‘lish uchun yaxshi yotoq, to‘shak, yostiq, yotoqdagi harorat, shovqin va yorug‘lik — barchasi ko‘ngildagidek bo‘lishi kerak.

Rejimga rioya qiling. Vaqtida uxlab, vaqtida uyg‘oning, hatto dam olish kunlari ham. Chunki rejimga rioya qilmaslik oqibatida uyqu buziladi, bu esa organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xotirjam uyquga ketishning 6 usuli