11:53 / 17.05.2018
6 061

Ramazonda taomlanishning 9 ta oltin qoidasi

Ramazonda taomlanishning 9 ta oltin qoidasi
Uzoq muddatli ochlikdan so‘ng, mazali taomlarga to‘la iftor uchun bezatilgan to‘kin dasturxon Ramazonda sog‘lom ovqatlanish xaqidagi orzularimizni cheklab qo‘yishi mumkin. Agar to‘g‘ri amalga oshirilsa, Ramazon ro‘zasi sog‘ligimiz uchun koni foyda, aks holda, inson salomatligi uchun zarar bo‘lishi mumkin.

Ramazonda sog‘lom ovqatlanish kerakligini va faqat yangi masalliqlardan taom tayyorlash joizligini yoddan chiqarmaslik kerak.

Ramazon oyida sog‘lom ovqatlanish uchun quyidagi maslahatlarga amal qilishingizni tavsiya qilamiz:

1. Ovqatlanishni xurmodan boshlang. Xurmolar – oqsillarning manbasi bo‘lib, faqat bir kunga yetuvchi quvvat beruvchi taomdir. Xurmo tolalari ovqat xazm qilish tizimining vazifalarini o‘z nazoratiga oladi. Shuningdek, xurmo magniy va kaliy moddalariga boydir.

2. Ko‘p suv iching. Kun davomida chanqab qolmaslik uchun ko‘proq suv ichib oling. Hali ovqatlanish mumkin bo‘lgan vaqtda 8 stakan suv ichishga harakat qiling. Chanqoqlikni chaqiruvchi mevalarni yeyishdan saqlaning. Badandan chanqoqlik hissini uyg‘otuvchi sabzavotlarni ham kamroq yeng. Tuzli mahsulotlarni, xususan, tuzlangan konservalar, yong‘oqlar, bodringlar, baliqlarni yemang. Shuningdek, ziravorlari ko‘p bo‘lgan taomlardan ham cheklaning, ular ham chanqashga sabab bo‘ladi. Ko‘proq mevalar va sabzavotlarni iste’mol qiling, chunki ular organizmdagi suv zaxirasini to‘ldirishadi.

3. Sekinlik bilan taomlaning. Uzoq och bo‘lishdan keyin ko‘p miqdorda taomlanish badan uchun stressdir. Iloji boricha, o‘rtalikka rioya qiling, iftorni xurmo bilan boshlang, so‘ng suv iching, undan keyin esa suyuq ovqat va salat yeyish mumkin. Ozroq muddat o‘tkazib asosiy taomni yeyishga kirishsa bo‘ladi. Ortiqcha taomlanish ovqat xazm qilishdagi muammolar va oshqozondagi og‘riqqa sabab bo‘lib qolishi mumkin. Iftorni issiq sho‘rva bilan boshlash, uzoq ochlikdan keyingi eng yaxshi taomlanish hisoblanadi. Chunki u organizmdagi ozuqaviy moddalar zaxirasini to‘ldiradi va badanni astalik bilan qattiqroq taomga tayyorlaydi.

4. Ovqatingizda barcha darmondorilar bo‘lishiga ishonchingiz komil bo‘lsin.

Iftorda oqsillar, sabzavotlar, mevalar hamda foydali yog‘lar bo‘lishi kerak.

6. Foydali maxsulotlarni tanlang va ulardan foydalaning. Ratsioningizda yorma, ko‘krak go‘shti, yog‘siz go‘sht, baliq, zaytun moyi va mevalar bo‘lsin.

6. Qovurilgan, tuzlangan va o‘ta yog‘li taomlarni cheklang. Go‘sht, tuxum va sut mahsulotlari oqsilga boy hisoblanadi. Yuqoridagi mahsulotlardan hech bo‘lmaganda bittasini iste’mol qilish kerak.

7. Shirinliklardan ham cheklaning. Shirinliklar iftordan keyin qorinda damlanishga sabab bo‘ladi va ovqat hazm qilishni yomonlashtiradi. Bundan tashqari, u qon tarkibidagi glyukoza miqdorini oshirib yuboradi, natijada shirinlikka bo‘lgan talab yana ortib ketadi. Shuning uchun, shirinlikni iftordan 2-3 soat keyin iste’mol qilish tavsiya etiladi. Lekin eng yaxshisi shirinlikning o‘rnini xurmo, quruq mevalar va boshqa turdagi mevalar bilan bosish kerak.

8. Ramazonda kofe miqdorini kamaytirish kerak, aks holda u bosh og‘rig‘i va uyqusizlikka sabab bo‘lishi mumkin.

9. Ramazonda uch qismli ovqatlanish ham muhim o‘rin tutadi. Asosiy taomni uch qismga bo‘ling. Uchdan biri – kuchli oqsillar, yana uchdan biri – yog‘siz go‘sht va baliq, qolgani esa sabzavotlar bo‘lsin. Bu ovqatlanishdagi sog‘lom mo‘’tadillikka sabab bo‘ladi.


Manba: Islom.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ramazonda taomlanishning 9 ta oltin qoidasi