8 may oltin quymalarning sotuv narxlari eʼlon qilindi

O'zbekiston Markaziy Banki 8 may sanasi uchun o'lchovli oltin quymalarning yangi sotuv narxlarini e'lon qildi. Unga ko'ra, 1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 2 000 so'mga oshgan. Xususan, 5 gramlik quyma 9 694 000 so'm, 10 gramlik 18 929 000 so'm, 20 gramlik 37 858 000 so'm, 50 gramlik 94 646 000 so'm va 100 gramlik quyma 189 292 000 so'm etib belgilandi. Ushbu qimmatbaho metallarni respublikadagi barcha bank ofislaridan xarid qilish imkoniyati mavjud.
Oʻzbekiston Markaziy Banki tomonidan oʻlchovli oltin quymalarning 8 maydagi sotuv narxlari eʼlon qilindi.
1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 2 000 soʻmga oshgan.
O‘lchovli oltin quymalarning narxlari quyidagicha:
5 gram —9 694 000 so‘m.
10 gram — 18 929 000 so‘m.
20 gram — 37 858 000 so‘m.
50 gram — 94 646 000 so‘m.
100 gram — 189 292 000 so‘m.
Oʻlchovli oltin quymalarni Oʻzbekistondagi barcha banklarning ofislaridan xarid qilish mumkin.
Eslatma: Bank ofisiga borishdan oldin oltin quymalar mavjudligini aniqlashtirib olish yodingizdan chiqmasin. Oltin narxi jadal surʼatda oshib borayotganligi sababli sotuvlarning hajmi ham ortgan. Koʻplab bank ofislarida oltin quymalarning tugab qolish ehtimoli mavjud.

























Izohlar 0
…