Eron elchixonasidan Yulduz Usmonovaga alohida sovg‘a topshirildi

Eron Islom Respublikasi elchixonasi nomidan xonanda Yulduz Usmonovaga uning livanlik, g‘azolik, falastinlik va eronlik bolalar taqdiriga befarq bo‘lmay, hamdardlik bildirgani uchun esdalik sovg‘asi taqdim etildi.
Sovg‘ani janob Muhammad Ali Iskandariy hamda elchixonaning madaniy aloqalar bo‘yicha maslahatchisi janob Hasan Safarxoniy yubordi. Ularning ta’kidlashicha, xonandaning mazlum bolalar tomonida turib bildirgan fikrlari yuksak e’tirofga loyiq.
Yulduz Usmonova ushbu e’tiborga javoban shunday dedi:
“Biz avvalambor hamisha mazlumlar tarafidamiz”.
Xonanda o‘z minnatdorchiligini bildirib, quyidagilarni qo‘shimcha qildi:
“Hammamiz musulmonmiz. Kattakon rahmat e’tiboringlar uchun. O‘rtoq elchi, janob Muhammad Ali Iskandariy, janob Hasan Safarxoniy — sizlarga sovg‘a va e’tibor uchun rahmat. Ilohim tinch bo‘linglar, Eron ham tinch bo‘lsin, tinchlikka erishsin. Xudo xohlasa, faqat tinchlikda ko‘rishaylik. Bordi-keldilarimiz yana ham kengayib, borib-kelib yuraylik!”