date

Qualcomm arzon smartfonlar uchun yangi Snapdragon 6 Gen 5 va 4 Gen 5 chipini taqdim etdi

Qualcomm arzon smartfonlar uchun yangi Snapdragon 6 Gen 5 va 4 Gen 5 chipini taqdim etdi

Qualcomm kompaniyasi o‘zining yangi Snapdragon 6 Gen 5 va Snapdragon 4 Gen 5 mobil platformalarini rasman namoyish etdi. Har ikkala protsessor ham 4-nanometrli texnologik jarayon asosida ishlab chiqarilgan bo‘lib, byudjet va o‘rta segmentdagi smartfonlar imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirishga qaratilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Snapdragon 6 Gen 5 sakkiz yadroli Kryo protsessori bilan jihozlangan bo‘lib, uning to‘rtta unumdor yadrosi 2,6 GGs, qolgan to‘rtta energiya tejamkor yadrosi esa 2,0 GGs chastotada ishlaydi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, grafik unumdorlik 21 foizga, ilovalarning ishga tushish tezligi esa 20 foizga oshgan. Platforma Wi-Fi 7, Bluetooth 6.0 va 5G tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi hamda 200 megapikselli kameralar bilan ishlash imkonini beradi.

Snapdragon 4 Gen 5 modeli esa ikkita unumdor (2,4 GGs) va oltita energiya tejamkor (2,0 GGs) yadrolarga ega. Bu chip avvalgi avlodga nisbatan grafik unumdorlikni 77 foizga, ilovalar tezligini esa 43 foizga oshiradi. Shuningdek, u o‘yinlarda 90 FPS kadrlar chastotasini ta’minlaydi va 108 megapikselli kameralar bilan moslashadi.

Yangi protsessorlar o‘yin jarayonini yaxshilash uchun Snapdragon Game Super Resolution, Qualcomm Frames Per Second 3.0 va Adaptive Performance Engine kabi maxsus texnologiyalar bilan boyitilgan. Ushbu platformalar asosidagi ilk smartfonlar Honor, Oppo, Realme va Redmi brendlari tomonidan taqdim etilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Qualcomm arzon smartfonlar uchun yangi Snapdragon 6 Gen 5 va 4 Gen 5 chipini taqdim etdi