Amerikalik olimlar jamoasi ortiqcha vazn miya faolligiga salbiy taʼsir koʻrsatishini aniqlashdi. Science News shu haqida xabar berdi.
Tadqiqot ikki guruhga ajratilgan laboratoriya sichqonlarida oʻtkazildi. Birinchi guruh kemiruvchilari kaloriyali oziq-ovqatlar bilan, ikkinchi guruhdagilari esa tavsiya qilingan miqdordagi kaloriyali mahsulotlar bilan oziqlantirildi.
Uch oy ichida birinchi guruh sichqonlarining vazni ikkinchisiga nisbatan oʻrtacha 40 foizga oshdi, ularning aqliy salohiyati esa pasaydi. Masalan, sichqonlarning labirintdan chiqishi sekinlashgani va tashqi taʼsirlarga sekinroq reaksiya qilayotgani kuzatilgan.
Ortiqcha vazn toʻplagan sichqonlarda mikrogliylar - aqliy salohiyatga taʼsir qiluvchi hujayralar soni oshgani aniqlangan. Mutaxassislar bu oʻz-oʻzidan xavfli emasligi, lekin ularning koʻpayishi miyadagi signallarni sekinlashtirish mumkinligini maʼlum qilishdi. Olimlar sogʻlom sichqonlar ortiqcha vaznli sichqonlarga nisbatan nafaqat tezkor, balki aqlliroq ham ekanini taʼkidlashmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi