09:58 / 17.09.2018
4 733

Gunohlarimni Senga vasila qilaman...

Gunohlarimni Senga vasila qilaman...
Bandaga biror gunoh qilsak koʻziga koʻrinolmaymiz. Oʻzimizni undan uzoq tutamiz.

Allohim, Senga qancha gunohlar qildik, yuzsizliklar qildik.

Qani endi Senga ham koʻrinolmay yurolsak. Qani Sendan oʻzimizni uzoq qilolsak. Agar shuning yoʻli boʻlsa, bizlarga koʻrsat. Eshigingdan boshqa eshik boʻlsa, bizlarni unga yoʻlla. Juda boʻlmasa, tuproqlarga aylantirvor, tongla mahshar oldingda sharmanda turmaylik. Vujudimizni zarralarga boʻlib, tarqatvor, qiyomatda sharmisor boʻlmaylik.

Evoh, buning hech iloji yoʻq, hecham iloji yoʻq. Eshigingdan boshqa borar joyim, ostonangdan oʻzga bosh urar makonim yoʻq!

Gunohlarimni Senga vasila qilaman, chunki xatokor bandangda bunda boshqa narsa yoʻq. Isyonimni huzuringda oqbayroq yangligʻ koʻtaraman. Toki buni taslimli bandang eʼtirofi oʻla qabul et!

Qilmishlaridan beli bukik, qalbi pora va yuzi qora bandangni iltijolarini qabul qil!

Kechirsang boʻldi, faqat kechirsang!..

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Gunohlarimni Senga vasila qilaman...