19:28 / 14.10.2018
7 250

Farzandlar ruhiyatini barbod qiladigan 10 xil so‘z...

Farzandlar ruhiyatini barbod qiladigan 10 xil so‘z...
1. Eshak, it, hayvon......, deb so‘kish.

2. Badbaxt, kazzob, yaramas, semiz, bukri, haromi....., deb xo‘rlash.

3. Boshqalarga solishtirish farzandni o‘zida kamchilikni his qildirib, o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qqa chiqaradi.

4. Sen hech narsani tushunmaysan, jim bo‘l ey iblis, sendan hech qanday foyda yo‘q, deb farzandni barbod qilish.

5. Boshingni yoraman, qoningni ichaman, so‘yaman, deb xatokorlik bilan tahdid qilish.

6. Qanoatlantirmasdan man qilaverish. Doim "yo‘q, yo‘q, yo‘q", deb istaklarini rad qilib, sababini tushuntirmaslik.

7. Alloh joningni olsin, koshki o‘lib qolsang, la’nati, kabi so‘zlar bilan qarg‘ash.

8. Farzandni sirlari va ayblarini boshqalar oldida ochib tashlash.

9. Muayyan bir ishni bajarsang seni yaxshi ko‘raman, buni qilib qo‘yganing uchun seni yaxshi ko‘rmayman, mana buni yesang yoki yutsang yoki dars tayyorlasang seni yaxshi ko‘raman, deb yaxshi ko‘rishni shart qilib qo‘yish.

10. Erkak kishi yig‘lamaydi, jim bo‘l hali sen gapirishga kichiksan, bu bola meni jinni qildi, meni unga kuchim yetmayapti, Alloh do‘zaxga tashlab jazoyingni bersin, kabi xato so‘zlarni ishlatish.

Manba: Arabic.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Farzandlar ruhiyatini barbod qiladigan 10 xil so‘z...