07:17 / 19.10.2018
5 366

Oʻzingiz, ahlingiz va farzandlaringizda baraka his qilishni istaysizmi...

Oʻzingiz, ahlingiz va farzandlaringizda baraka his qilishni istaysizmi...
Uyingizda saodat va shodlik boʻlishini xohlaysizmi..

Buni bizga alloma Muhammad Said Ramazon Butiy oʻzining ”Bu mening otam” kitobida oʻrgatadi.

Otam rahmatli oʻn yillardan beri har dushanba va payshanba kunlari ertalab bomdod namozidan soʻng Allohning zikridan iborat qisqa ibodatga bizlarni toʻplar edilar. Ushbu ertalabki namozdan keyingi zikr majlisiga kattayu kichik yigʻilardi. Otam; ˝La ilaha illalloh˝ zikrini yuz marta aytishni boshlaganlarida ular ham birgalikda boshlar edilar. Undan soʻng hammalari birgalashib jalola ˝Alloh˝ lafzini yuz marta aytishga oʻtardilar. Keyin Imom Navaviyning virdlar toʻplamini otam oʻqir va ular ham birga qoʻshilib oʻqirdilar. U Allohga aytiladigan sano va duolar hamda iltijodan iborat mashhur toʻplamdir.

Zikrni tamomlab boʻlganlaridan keyin hammaga ramziy sovgʻa sifatida mayda tanga dirhamlar yoki holva qandlar tarqatilar edi.

Otam yigʻilgan ushbu virdlarni shu shaklda shu vaqtlarda bajarib borishni kanda qilmaslikni hammamizga vasiyat qilardilar.

Men Alloh taologa bizlarni - u kishining farzand va nabiralarini mana shu kunlarda va aynan ana shu vaqtlarda aytilgan uslubga koʻra qatʼiyat bilan u kishining vasiyatlarini bajaruvchilardan boʻlishimiz uchun yordam berganiga hamdlar aytaman.

Ushbu oson va yengil vazifani bajarishga chaqirishim meni qanchalar xursand qiladi va menga qanchalar yoqadi.

Otamni tanib uni yaxshi koʻrgan hamda uni eshitib yoki bu kitob orqali u kishining siyratlarini bilgan har bir kishi oʻzi, ahli va farzandlarida buning barakasini his qiladi hamda oʻz uyida buning saodat va shodlik belgilarini topadi.
Abdulloh Gʻulomov tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Oʻzingiz, ahlingiz va farzandlaringizda baraka his qilishni istaysizmi...