15:52 / 29.12.2018
6 886

2019 yil Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

2019 yil Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
TAROZI (24. 09 — 23. 10)

UMUMIY TA’RIF
To‘ng‘iz yili boshida tarozi burji ostida tug‘ilganlarning aksariyati o‘zi bajarayotgan ishdan ilhomlangan holda professional kasbi bilan bog‘liq yangi va yangi loyihalarga qo‘l urishadi. Bu yaxshilikka albatta. Yil boshidanoq mo‘may daromad ola boshlashingiz ham xuddi shu loyihalar natijasi hisoblanadi.

2019 yili siz qo‘shimcha bilimlar olish, professional kasbingiz bo‘yicha malaka oshirib qaytish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Imkon doirasida yil bo‘yi yaqinlaringiz bilan turli oilaviy bayram uyushtiring, xursandchilik qiling, arzimas muvaffaqiyatdan ham mamnun tortishni o‘rganing.

Agar sport bilan astoydil shug‘ullansangiz, to‘ng‘iz yili sizga xavfli xastaliklarni yaqin yo‘latmaydi. Yil o‘rtalariga borib oilalilar xonadonida yangi mehmon dunyoga kelishi mumkin.

MUHABBATI
To‘ng‘iz yili oila qurmaganlarga bir olam romantika, garmoniyani va’da qilmoqda. Ularning ko‘pchiligi o‘zi ko‘ngil qo‘ygan inson bilan turmush qurishi xuddi shu 2019 yilga to‘g‘ri keladi.

Muhabbatda baxtga erishishni istasangiz, bardoshli bo‘ling. Bardosh sizni baxt qasriga olib boradi. Oilalilar ham juftini ko‘proq qadrlasalar, har bir birga o‘tgan lahzadan zavq ola bilsalar, mavjud baxt yanada mustahkamlanadi.

Oila qurmagan yigitlar esa o‘z muhabbatiga yetishi uchun avval uy ta’miri haqida o‘ylab ko‘rsinlar. Axir, kelinni ta’mirlanmagan uyga olib kelmaysiz-ku, to‘g‘rimi?!.

OILASI
Oilasi borlar 2019 yil boshida o‘zlari yashab turgan uyni kapital ta’mirdan chiqarishlari tavsiya etiladi. Anchadan beri farzandli bo‘lishni orzulayotgan bo‘lsangiz, harakatingizni qiling. Kechalari internetda tongga qadar o‘tirish, ishdan keyin qayerlardadir qolib ketish o‘rniga oilani mustahkamlash yo‘llarini qidiring.

Yil davomida qarindoshlar bilan o‘zaro munosabatlaringizda muammolar yuzaga kelishi kutiladi. Siz ular uchun tez-tez kichik oilaviy bayramlar uyushtiring. Shu narsa qarindoshlarning ko‘nglini ovlashda asqotadi.

Taqdirning sinovlari 2019 yili ham o‘tgan yilgidan kam bo‘lmasligi mumkin. Ularni matonat bilan yengib o‘ta olganlar oilaviy baxtdan umid qilaversalar bo‘ladi. Ayrimlar kuz oylariga borib yangi uy sotib olishi yoki boshqa shaharga ko‘chib o‘tishlari mumkin.

MOLIYaVIY AHVOLI
Kimki moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida astoydil kirishsa, to‘ng‘iz yilida omadning barcha eshiklari ochiq bo‘ladi. Yil boshidan to oxiriga qadar sizga badavlat tanishlar, do‘stlar albatta yordam qo‘lini cho‘zishadi. Mehnatingizga yarasha daromadga ham ega bo‘lasiz. Lekin pul sarflashda har galgidek tejamkor bo‘ling, chegarani biling. Chuv tushib qolishdan, tavakkalchilikka yo‘naltirilgan moliyaviy operatsiyalardan nari bo‘ling. Ayrimlar o‘zga davlatga borib shaxsiy biznesini ochishi ehtimolga yaqin.

Yil oxirida esa jamg‘argan pulingizning bir qismini chin ko‘ngildan dam olish uchun ajrating. Ba’zi do‘stlarimizning yil o‘rtasiga borib lotereyaga pul yutib olish baxti kutib qoladi.

SALOMATLIGI
Salomatligingiz yangi yilda ham mustahkam bo‘lishini xohlasangiz, rejim bo‘yicha ovqatlanish, tanani chiniqtirishga oid mashqlar, muolajalarni amalga oshirish va ertalablari yugurib turishga e’tibor qarating. Sabzavotlar va vitaminga boy mevalarni ko‘proq iste’mol qiling.

To‘ng‘iz yilida siz asosan jigar va oshqozonga alohida e’tibor bilan yondashishingiz lozim. Organizmni haddan tashqari zo‘riqtirishdan tiyiling. Quvnoq bo‘ling, hazil-mutoyibaga qorishiq suhbatlar sari intiling. Xotirjamlikka amal qiling. Shunda 2019 yili xavfli xastaliklarga yo‘liqmaysiz.

TO‘NG‘IZ YILIDA TUG‘ILGAN MAShHURLAR
Italiyalik opera xonandasi Luchano Pavarotti (Luciano Pavarotti). aktyor Armen Jigarxanyan, italiyalik xonanda Robertino Loretti (Robertino Loretti), rossiyalik siyosiy arbob Boris Nemsov, fransiyalik yozuvchi Prosper Merime (Prosper Merimee).

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

UMUMIY TA’RIF
2019 yili chayon burji vakillari hayotida turli jabhalarda tanaffuslar kutiladi. Bu o‘qish, ish, muhabbat, boshqa shaharga ko‘chib o‘tish kabilarda o‘z aksini topadi. Yil oxirida global rejalar tuzmang. Ular baribir amalga oshmaydi.

Yoz oylarida vujudingiz qo‘shimcha kuch va imkoniyatlarga to‘lib toshadi. Ular shaxsiy hayotingizni yo‘lga qo‘yishda, uylanmagan yoki turmushga chiqmagan bo‘lsangiz, nikohdan o‘tishda asqotadi.

Kuzda ko‘pchilik oilalilar xonadonida yangi mehmon dunyoga kelishi kutiladi. Moddiy ahvolingiz yuqori cho‘qqilarda bo‘ladi. Yil davomida o‘zgalarga kamroq yordam ko‘rsatib, o‘zingiz haqingizda ko‘proq o‘ylashingiz tavsiya etiladi.

MUHABBATI
2019 yil siz uchun romantika yili bo‘ladi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Baxtingizni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan raqiblar va raqibalar hasaddan o‘z yog‘ida qovrilishiga shaxsan guvoh bo‘lasiz.

Ayniqsa, muhabbat bobida kuz fasli yoqimli kechadi. Oilasizlar garchi darrov ZAGS ga yo‘l olmasalar-da, harqalay idealidagi insonni uchratib tanishishadi. Shuning o‘zi ham katta gap-da. Faqat maqtovlarni, xushomadlarni me’yoridan oshirib yubormang. Bu o‘zingizga qarshi ishlashi hech gap emas. Oilali bo‘lsangiz, juftingizning mehr-muhabbatiga arzirli javob qaytarishga harakat qiling.

OILASI
2019 yil boshidanoq oilangizdagilar bilan birga tez-tez tabiat qo‘ynida dam oling. Garchi tantanalar, oilaviy bayramlar uyushtirishga bahona bo‘lmasa-da, bahonani o‘zingiz o‘ylab topavering.

Sizga do‘stlar, tanishlar, hamkasblar, kursdoshlar, sinfdoshlar nafaqat havas qiladi, balki ular orasida hasad qiladiganlari ham topila qoladi. Yilning o‘rtalariga borib qarindoshlar bilan munosabatlaringiz mustahkamlana borayotganiga guvoh bo‘lasiz.

Agar juftingiz bilan sira til topisha olmayotgan bo‘lsangiz, psixolog xizmatidan foydalaning. Darrov ajrashishga qaror qilib qo‘ymang. To‘ng‘iz yilida ajrashgan oilalar halovat topishi juda qiyin kechadi. To‘ng‘iz yili ayriliqni sira-sira kechira olmaydi.

MOLIYaVIY AHVOLI
Tadbirkorlar 2019 yilning dastlabki oyidayoq raqobatchilar bilan oradagi muammoni bartaraf etishlari kerak.

Pul masalasida chayon burjida tavallud topganlar 2019 yili deyarli qiynalishmaydi. Har bir ishga o‘zingizga ishongan holda kirishavering, mevasini albatta ko‘rasiz. Faqat pulingizni shubhali loyihalarga tikmang. Bu borada sizga tafakkur yaqindan yordam beradi. Qachonlardir sizni aldab chuv tushirganlar bilan 2019 yili munosabatlarni uzing.

Muhim hujjatlarga imzo chekishda sergak bo‘ling. Moliya bilan bog‘liq barcha sirlarni miyangizda saqlang. Birovlarga oshkor etmang. Imkon bo‘lsa, to‘ng‘iz yilida har oy lotereya chiptasi sotib oling. Albatta katta yutuqqa ega chiqasiz.

SALOMATLIGI
Chayon burji vakillarining salomatligi metindan mustahkam kechadi. Ammo bu salomatlikni asrash haqida o‘ylamaslik kerak degani emas. Baribir to‘g‘ri ovqatlanishingiz, ertalablari jismoniy mashqlarni bajarishingiz shart. Yil davomida sabzavot, meva va sut mahsulotlarini ko‘proq iste’mol qiling. Vaqt topib jigaringizni ortiqcha yukdan xalos etish amalini ado eting. Ko‘pchilik 2019 yil o‘rtalaridan tez-tez stress holatini boshdan kechira boshlashi mumkin. Ayrimlarni esa tish og‘rig‘i bezovta qiladi.

TO‘NG‘IZ YILIDA TUG‘ILGAN MAShHURLAR
Rus shoiri, dramaturg, tarjimon Samuil Marshak, aktyor Artur Smolyaninov, fransiyalik aktyor Alen Delon (Alain Delon), amerikalik aktrisa Vaynona Rayder (Winona Ryder), suzish ustasi Aleksandr Popov, aktyor Vladimir Ilin, Fransiya qirolichasi Mariya-Antuanetta (Marie-Antoinette), aktrisa Lyudmila Gurchenko.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 2019 yil Sizga nimalarni va’da qilmoqda?