Andijon viloyatida 24 kilodan ortiq gashish kontrabandasi fosh etildi

Andijon viloyatida 24 kilodan ortiq gashish kontrabandasi fosh etildi
Qisqacha

Andijon viloyatida 24 kilogrammdan ortiq gashish kontrabandasi fosh qilindi. Marg‘ilonlik, ilgari ham giyohvandlik bilan shug‘ullangan shaxs ushbu moddalarni qabul qilayotganida qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish choralari qo‘llanildi. Hozirda tergov ishlari davom etmoqda va boshqa gumonli shaxslar aniglanmoqda.

Andijon viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan yirik miqdordagi giyohvand modda aylanmasi toʻxtatib qolindi.

Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Bojxona idoralari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida qoʻshni davlatdan noqonuniy yoʻl bilan olib kirilgan giyohvand moddalar aniqlangan.

Maʼlum boʻlishicha, oldindan nazoratga olingan, Margʻilon shahrida yashovchi, 1973 yilda tugʻilgan va avval ham narkotik jinoyati uchun sudlangan shaxs Xoʻjaobod tumanida yashirib qoʻyilgan moddani qabul qilayotgan vaqtda ushlangan.

Uning tanishlari tomonidan yashirin joyga qoldirilgan 24 kilogramm 475 gramm “gashish” moddasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari boʻyicha ish qoʻzgʻatilgan va sud qarori bilan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda va jinoyatga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar