date

AQSH muzokaralarda tez-tez pozisiyasini oʻzgartiradi — Ismoil Bagai

AQSH muzokaralarda tez-tez pozisiyasini oʻzgartiradi — Ismoil Bagai

Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bagai AQSH tomonidan olib borilayotgan muzokara jarayonlariga nisbatan tanqidiy fikr bildirdi. Uning aytishicha, amerikaliklar hozirgi diplomatik muloqotlarda barqaror va aniq pozisiya namoyon etmayapti.

Bagai taʼkidlashicha, Eron hech qachon muzokaralarga borib, keyin oʻz majburiyatlarini buzish yoʻlidan bormagan. Uning soʻzlariga koʻra, Tehron doimo kelishuvlarga sodiq qolishga harakat qiladi.

Biroq AQSH tomoni bunday yondashuvni namoyish etmayapti. Vakilning fikricha, amerikaliklar muzokaralarda bir qarorni qabul qilib, ortidan uni oʻzgartirish holatlarini tez-tez takrorlamoqda.

"Biz hech qachon boramiz, keyin esa oʻz majburiyatlarimizni buzamiz deb aytmaganmiz; odatda AQSH shunday qiladi. Ular (amerikaliklar) oʻz pozitsiyalarini doimiy ravishda oʻzgartirib turishadi.", - dedi Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili.

Shuningdek, u hozircha Eronning navbatdagi muzokaralarda ishtirok etish boʻyicha aniq qaror qabul qilmaganini ham qayd etdi. Bu masala boʻyicha tahlil va muhokamalar davom etmoqda.

Umuman olganda, vaziyat tomonlar oʻrtasida ishonch masalasi hali ham murakkab ekanini koʻrsatmoqda. Diplomatik jarayonda barqaror pozitsiyaning yoʻqligi esa kelishuvlarga erishishni yanada qiyinlashtirishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSH muzokaralarda tez-tez pozisiyasini oʻzgartiradi — Ismoil Bagai