Instagram’dagi axloqqa zid reklama tarqatgan sahifalarga ish qoʻzgʻatildi

1 daqiqa o'qish411
Instagram’dagi axloqqa zid reklama tarqatgan sahifalarga ish qoʻzgʻatildi

Oʻzbekistonda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayrim reklama postlari yuzasidan Raqobat qoʻmitasi tomonidan oʻrganish va tekshirish ishlari amalga oshirildi.

Mutaxassislar Instagram platformasida faoliyat yurituvchi “aykous_sekret”, “dom_penyuar”, “shiray shop”, “nargizem_shop” hamda “arzon hostel” nomli sahifalarda joylashtirilgan reklama videolarini tahlil qilishdi.

Oʻrganish natijasida ushbu reklamalar mazmuni jamoatchilikda qabul qilingan odob-axloq va maʼnaviy qoidalarga mos kelmasligi maʼlum boʻlgan.

Tekshiruvlar yakunlangach, “aykous_sekret” va “dom_penyuar” doʻkonlari rahbarlari boʻyicha “Reklama toʻgʻrisida”gi qonun talablarini buzish holatlari yuzasidan rasman ish qoʻzgʻatilgan.

Shuningdek, “shiray shop”, “nargizem_shop” va “arzon hostel” sahifalari boʻyicha maʼmuriy hujjatlar tuzilib, ish materiallari sud organlariga yuborilgan.

Amaldagi qonunlarga muvofiq, reklamada milliy qadriyatlar hamda axloqiy meʼyorlarga zid boʻlgan tasvir va iboralardan foydalanish taqiqlanadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?