23:50 / 01.01.2019
12 767

Tushingiz ta’birini bilishni istaysizmi?

Tushingiz ta’birini bilishni istaysizmi?
HAYVON TERISI: Tushda qaysidir hayvonning terisini ko‘rsangiz, bilingki, sizni yaqin kelajakda muvaffaqiyatlar va davlat kutib turadi.
ShOVQIN: Agar tushingizda qandaydir qo‘rqinchli va g‘alatomuz shovqinni eshitsangiz, bu ko‘ngilsizlikdan darak beradi. Bu shovqindan uyg‘onib ketsangiz, bilingki, sizni real hayotda faqat yaxshiliklar kutadi.
ChOY: Tushda choy damlasangiz, yo‘l qo‘ygan xatoingiz uchun jazolanasiz. Piyola ostida qolgan shamali choy muhabbatda va oilaviy hayotda muvaffaqiyatsizlik yuz berishini anglatadi. Piyola yoki choynakdagi choyni to‘kib yuborsangiz ham oilangizda qandaydir ko‘ngilsizlik yuz beradi. Tushda juda choy ichgingiz kelsa-yu, topa olmasangiz, uyingizga chaqirilmagan mehmonlar tashrif buyuradi.
SOAT: Tushda soatingizga qarab qo‘ysangiz, dushmanlaringiz bittaga kamayadi. Soatni sindirib qo‘ysangiz, baxtsizlik va moliyaviy yo‘qotishlar yuzaga keladi. Tushda soat o‘g‘irlasangiz, dushmaningiz ko‘payganidan darakdir. Kimgadir soat sovg‘a qilsangiz, kim bilandir janjallashib qolasiz.
OT: Tushda ot ko‘rsangiz, yaxshilikka. Ot minsangiz, martabaga erishasiz. Otdan yiqilsangiz, kimdir ko‘nglingizni og‘ritishi mumkin. Ot olib qochsa, yangi muvaffaqiyatlar sizni ta’qib eta boshlaydi.
QOVUN: Tushda qovun yesangiz, yangi tashvishlar yelkangizga tushadi. Uzoqdan turib qovun paykalini tomosha qilsangiz, sizga yaqin bir insonning boshiga tashvish tushishi mumkin.
TARVUZ: Tarvuz ko‘rsangiz, hayotingiz yanada charog‘on bo‘lishi kutiladi. Tarvuz yesangiz, eski tashvishlardan xalos bo‘lib yengil tortasiz.
AKSA URISh: Tushda aksa ursangiz, qandaydir xabar tufayli kundalik rejalaringizni o‘zgartirishga majbur bo‘lasiz. Kimningdir aksa urishiga guvoh bo‘lsangiz, real hayotda kimdir juda joningizga tekkanini anglab yetasiz.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tushingiz ta’birini bilishni istaysizmi?