Er va ayoli 60 yil baxtli hayot kechirishdi. Ularning bir-biridan yashiradigan sirlari yo‘q edi. Faqatgina ayol butun umri davomida bitta sirni yashirib keldi. Shkafining bir chekkasida quti turar va ayol eridan o‘sha qutini ochib qaramaslikni iltimos qilgan edi. Er ham ayolining iltimosini bajo keltirib, qutichani ochib ko‘rmadi. Qarib qolgan ayol sirini ochishga qaror qildi va eridan qutichani olib kelishini so‘radi…
Qutini olib kelib, ochgan er ichida ikkita to‘qilgan o‘yinchoq va anchagina pul borligiga guvoh bo‘ldi.
– Bu nima? – deb so‘radi xayron qolib er.
– Bilasanmi, to‘yimizdan oldin suyukli buvijonim menga baxtiyor oila bo‘lish sirini o‘rgatgan edilar. Buvijonim: “Agar baxtli hayot kechirishni istasang, tilingni tiy. Agar eringdan jahling chiqsa, u bilan tortishma. Mana bu moslamalar mendan senga sovg‘a. Jahling chiqib, janjalga yo‘l ochilayotganini ko‘rsang, darrov o‘tirib biron o‘yinchoq to‘qi”, – degan edilar.
Erning ko‘zlari beixtiyor yoshlandi, axir qutida ikkitagina o‘yinchoq bor edi. Lekin u ayolini ranjitgan paytlari bundan anchagina ko‘p bo‘lganini bilar edi. Shunda u:
– O‘yinchoqlarniku tushundim. Mana bu pullar qayerdan keldi? Axir mendan pul yashiradigan odating yo‘qligini bilamanku! – dedi.
– Bu pullar to‘qigan o‘yinchoqlarimni sotilishi evaziga yig‘ilgan…
Xulosa o‘zingizdan… Har qanday holat bo‘lmasin biz tilimizni tiya olyapmizmi?!
Shahnoza Olimboy qizi tarjimasi
Manba: O‘MI Toshkent viloyati vakilligi “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda