Sarimsoq juda foydali bo‘lgani uchun zamonaviy pazandalikda keng qo‘llanila boshladi. Uning tarkibidagi mikroelementlar va vitaminlar organizmda immun tizimining rivojlanishiga yordam beradi.
Afsuski, bu kichkina bo‘lsa ham juda nozik muammoni — sarimsoq hidini hosil qiladi. Bu yoqimsiz hodisadan qanday qutulish mumkin?
Muammoni hal qilishga yordam beruvchilardan birinchisi – bu tish iplari. U tishlar orasidagi ovqat qoldiqlarini tozalashga imkon beradi – va shunda hid paydo qiluvchi bo‘lakchalarning katta qismi yo‘qoladi.
Yaqinda yeyilgan ovqat parchalarining to‘planib qolish miqdori bo‘yicha navbatdagisi til hisoblanadi. Uni maxsus kurakcha yordamida tozalash yoki eng osoni og‘izni suv bilan chayqash yoki saqich chaynash ham mumkin.
Chayqovchi balzamlar yoki maxsus nafasni tozalovchilar ham yoqimsiz hid muammosini bartaraf etishga yordam beradi, lekin ularning samarasi tish iplari va saqichlarga qaraganda kamroq bo‘ladi.
Boshqa biror narsa yeyish. Bu variant juda oddiy va uni yaxshisi bevosta sarimsoqli taomdan keyin qo‘llagan ma’qul.
Sarimsoq hidini ketkazuvchi oziq-ovqatlar – bu kartoshka va sabzi hisoblanadi. Ular nafaqat og‘iz bo‘shlig‘idagi, balki hazm qilish yo‘llaridagi hidlarni ham shimib oladi, bu yengil kekirish natijasida paydo bo‘ladigan yoqimsiz hidlarning ham kelishining oldini oladi.
Shuningdek, sarimsoq iste’mol qilgandan keyin suyuqlik ichish ham foydali. Limonad, tarkibida limon kislotasi bo‘lgan har qanday sharbatlar va oddiy suv hidni yo‘qotishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi