AQSH Venesueladan boyitilgan uranni olib chiqib ketdi

AQSH Venesuelada saqlanayotgan strategik ahamiyatga ega materialni mamlakat hududidan chiqarib ketdi. Gap eski tadqiqot reaktorida joylashgan boyitilgan uran haqida bormoqda.
AQSH Energetika vazirligi bayonotiga ko‘ra, umumiy hisobda 13,5 kilogramm boyitilgan uran xavfsiz tarzda olib chiqilgan. Bu haqda The Guardian nashri ham xabar bergan.
Ma’lum qilinishicha, mazkur operatsiya AQSH, Buyuk Britaniya va Venesuela hamkorligida amalga oshirilgan. Rasmiylar ushbu harakatni nafaqat ishtirokchi davlatlar, balki butun jahon xavfsizligi uchun muhim qadam sifatida baholamoqda.
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik ma’lumotiga ko‘ra, uranni ko‘chirish jarayoni “murakkab va yuqori darajada himoya talab qiladigan operatsiya” bo‘lgan. Material Janubiy Amerikadan Shimoliy Amerikagacha quruqlik va dengiz orqali bosqichma-bosqich, qat’iy xavfsizlik choralari asosida yetkazilgan.
Ushbu material Karakas shahridan taxminan 15 kilometr uzoqlikda joylashgan obyektdan olib chiqilgan. Keyinchalik u AQSHning Janubiy Karolina shtatidagi maxsus majmuasiga joylashtirilgan.
Rasmiy bayonotda ta’kidlanishicha, operatsiya amalga oshirilishida Donald Trampning qat’iy siyosiy irodasi va yetakchiligi muhim rol o‘ynagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!