Banan – barchaga tanish, ekzotik meva. U o‘zining ajoyib totli ta’mi, kremsimon xususiyati bilan ajralib turadi. Uning mevasi ko‘pincha foydali desert tariqasida dasturxonga tortiladi. Uning asosida smuzi, tort va pishiriqlar uchun qiyomlar tayyorlanadi.
Banan nafaqat ta’mi, balki foydali jihatlari bilan ham mashhur. Meva tarkibida kaliy, fosfor va temir, shuningdek, V guruhi vitaminlari mavjud. Bananning tarkibi va xususiyatlari shishlar, apatiya va uyqusizlikdan aziyat chekayotganlar uchun foydali.
Bundan tashqari quyidagi holatlarda ham banan iste’mol etish tavsiya qilinadi:
- yuqori qon bosimi;
- astma;
- yurak qon-tomir kasalliklari;
- xotiraning yomonlashuvi.
Yuqorida sanab o‘tilgan foydali xususiyatlariga qaramay, meva barcha uchun birdek foydali emas.
Bananni haddan ziyod iste’mol qilish (kuniga 5 donadan ortiq) bosh og‘rig‘i va uyquchanlik sababiga aylanishi mumkin.
Buyrak faoliyati buzilgan kishilarga ham tavsiya etilmaydi. Meva organizmdan suyuqlik chiqishiga hissa qo‘shadi.
Tromboflebitga ega kishilar uchun ham banan man etiladi. Suyuqlik faol tarzda chiqarilgani uchun qon quyuqlashadi. Qon quyulishi yuqori bo‘lgan kishilar ushbu mevani kundalik ratsiondan chiqarishlari lozim.
Ichaklardagi buzilishlar. Banan uzoq vaqt davomida hazm bo‘lish xususiyatiga ega. Hazm qilishning istalgan turida meva salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, banan jig‘ildon qaynashiga olib kelishi mumkin.
Qandli diabet – banan iste’mol qilmaslik uchun yana bir sabab. Meva qondagi glyukoza miqdorini darhol oshiradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi