Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommalashtirishga qaratilgan ommaviy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, 15 iyun, shanba kuni Bo‘ka tumanida «Sog‘lom hayotga qadam tashla» aksiyasi doirasida «Salomatlik kuni» ommaviy tadbirlari o‘tkazildi. Tumandagi «Bo‘ston» qishlog‘ida ertalabki badan tarbiya o‘tkazilib, unda va hududga yaqin qishloqlar aholisi tomonidan stadionda jismoniy tarbiya mashqlari bajarildi, qishloqqa kirish yo‘lagi bo‘ylab 5 kilometr masofaga faol yurish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, oddiy yurish (haftasiga kamida 8 kilometr yurganda) yurak qon-tomir kasalliklari xavfini 31 foizga va o‘lim xavfini 32 foizga qisqartiradi. Cuyak va mushaklarni mustahkamlaydi, arterial bosimni, qonda xolesterin miqdorining tushishiga sabab bo‘ladi, uyquni yaxshilaydi. Har bir qadam energiya sarflanishi, garmonlar ishlab chiqilishi, mushaklardagi qon ta’minotining yaxshilanishi evaziga ularning kislorod bilan boyishi kuchayadi, natijada umumiy holat yaxshilanadi.
Gimnastika ham salomatlik uchun foydali bo‘lib, unda yengil gimnastika mashqlari bajariladi. Natijada, mushak tizimi mustahkamlanadi, bo‘g‘imlar harakati yaxshilanadi. Bundan tashqari, kuch, tezlik, chidamlilikni tarbiyalaydi. Sog‘lomlashtiruvchi ta’sir kuchiga ega mashqlar tufayli qomatning tik va to‘g‘ri rivojlanishi ta’minlanadi.
Shuningdek, tumandagi 7-oilaviy poliklinika oldida «Salomatlik maydonchasi» va «Sog‘lom ovqatlanish yarmarkasi» tashkil qilindi. Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollikni ahamiyati xaqida ma’lumotlar berildi. Ushbu tadbirlar o‘ziga hos saylga aylanib ketdi.
Bundan tashqari, tuman markaziy stadionida Sog‘liqni saqlash vazirligi va tuman tashkilotlari xodimlari, sport maktablari, kollej o‘quvchilari va aholi ishtirokida gimnastika mashqlari bajarilib, bu yerda ham 5 kilometrga faol yurish amalga oshirildi. Ushbu stadion yonida joylashgan eko-parkda kattalar va bolalar tomonidan velosayr, sport hamda musiqa maktablari o‘quvchilarining badiiy chiqishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi