Olimlar turli davlatlarning uzoq umr ko‘ruvchi insonlari ratsionini o‘rganib, ularning uzoq umr ko‘rishi va foydali mahsulotlar iste’mol qilishi o‘rtasidagi qonuniyatni aniqlashdi. Bu haqda “Argumentы i faktы” nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Parhezshunos Mariyat Muxinaning so‘zlashicha, gap antioksidantlar – DNKni barbod qiluvchi va hujayralar o‘lishiga ko‘mak beruvchi erkin radikallarga qarshi kurashuvchi moddalarga ega oziq-ovqat mahsulotlari haqida bormoqda.
Tarkibida antioksidantlarning ko‘pligi bo‘yicha ko‘k choy yetakchilik qiladi. U siydik haydovchi vosita va moddalar almashinuvi katalizatori hisoblanadi. Muxinaning aytishicha, choyni har kuni ichish foydalidir. Keyingi o‘rinlarni xurmo va chakanda (oblepixa) egallamoqda. Xurmo tarkibida 23 ta aminokislota, jumladan triptofan moddasi bor bo‘lib, u ruhiyatni barqarorlashtirib, kayfiyatni yaxshilaydi. Chakandada katta miqdorda A vitamini bor bo‘lib, u keksayishni sekinlashtiradi va organizmning immun jarayonlarida ishtirok etadi.
Keyingi o‘rinlarni o‘simtalarga qarshi faolikka ega moddalar – antotsianga ega chernika va likopin moddasi evaziga organizmni me’yoridan ko‘p ovqat yeyish va vazn to‘plashdan qutqaruvchi pomidor egallagan. Parhezshunos umrni uzaytiruvchi mahsulotlar qatoriga sut-qatiq mahsulotlarini ham kiritgan. Ular tarkibiga foydali aminokislotalar, vitaminlar va kalsiy kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”