Ulamolar: “Alloh zimmasiga olgan narsaga rag‘bat qilib, Alloh buyurgan ishga beparvo bo‘lish qalb berkilgani alomatidir”, deyishgan.
Bundan murod esa, rizq masalasidir.
Alloh taolo O‘z kalomida shunday marhamat qiladi: “Yer yuzida o‘rmalagan jonzot borki, ularning rizqi Allohning zimmasidadir” (Hud surasi 6 oyat).
Alloh eng muhim vazifani O‘z zimmasiga oldi, buni hatto farishtalariga ham yuklamadi.
Bandalariga esa O‘ziga ibodat qilishga buyurdi. Aksar insonlar esa aynan rizq topishni hayotining asosiy maqsadi qilib olishgan. Shu uchun jiddu jahd bilan harakat qilishadi. So‘zlarida buni inkor qilsalarda amallari bilan buni isbotlaydilar. Hatto buni sezmay qoladiganlar xam bor.
Shayx Ahmad Zarruq deydi: «Kafolati berilgan narsaga jon-jahdi bilan urinishning alomati uchtadir:
1. Qo‘lga kirmay qolgan narsaga afsus qilish.
2. Hosil yig‘ishda taqvoni yo‘qotish.
3. Sababni ishga solishda ta’kidlangan haqlarni unutish.
Uning aksining alomati ham uchtadir:
1. Voqe bo‘lgan narsaga rozi bo‘lish.
2. Talabda taqvodor bo‘lish.
3. Sabablarni ishlatishda odobga rioya qilish».
Albatta, rizqni topish uchun inson sabablarni ishga solishi kerak bo‘ladi. Bu shariatning talabidir. Ammo ba’zi odamlar rizq topishni hayotning mag‘izi deb tushunadilar. Ular hayotning asosi mol-dunyo va boylikdan iborat, degan xayolga borib qoladilar. Natijada dunyoning quliga aylanib, uning aytganini qilaman deb, ibodatni ham unutadilar. Pul topish ilinjida ovora bo‘lib, namoz o‘qishni, ro‘za tutishni xayollariga ham keltirmaydilar.
Ba’zi kishilar ularga namoz o‘qish, ro‘za tutish va boshqa farz, vojib ibodatlarni ado qilishi kerakligini aytsa, «Ishim ko‘p, ularni ado qilishga vaqtim yo‘q», deydilar. Aynan o‘shalarning qalb ko‘zlari berkilib qolgandir.
Sizning-chi?
Sizning qalb ko‘zingiz ochiqmi?!
Qudratulloh Ahmad
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”