Yevropaning nufuzli diplomatik manbalari orqali tarqalgan ma’lumotlar xalqaro siyosiy maydonda katta qiziqish uyg‘otdi. The Telegraph nashrining yozishicha, Ukraina hukumati mamlakatdagi urush harakatlarini to‘xtatish bo‘yicha yangi va murosali yo‘lni ko‘rib chiqmoqda.
Manbalarga ko‘ra, Kiyev tomoni bosib olingan ayrim hududlar – Lugansk, Donetsk, Zaporoje va Xerson viloyatlarining muayyan qismi, shuningdek, Qrim yarimorolini Rossiya nazorati ostida qolishini amalda tan olish orqali kelishuvga kelish variantlarini muhokama qilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Bu kabi yo‘nalish, albatta, Ukraina siyosiy pozitsiyasida jiddiy o‘zgarish sifatida baholanmoqda. Chunki shu paytga qadar prezident Vladimir Zelenskiy bir necha marta hech qanday shartda hududiy yoki davlat chegaralariga doir masalalarda chekinish yo‘qligini qat’iy ta’kidlab kelgan.
Ayni paytda, diplomatik doiralarda ta’kidlanishicha, bu masala Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasida Alyaskada o‘tkazilishi rejalashtirilgan yuzma-yuz uchrashuv oldidan alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bu uchrashuvning o‘tkazilishi va unda qaysi mavzular muhokama qilinishi haqida ham juda ko‘p mulohazalar aytilayapti.
Kuzatuvchilarning fikricha, agar Kiyev mazkur variantni rasman ko‘rib chiqsa, u nafaqat Ukraina-Rossiya munosabatlari, balki butun Yevropa xavfsizlik arxitekturasi uchun yangi bosqichni boshlab berishi mumkin. Shu bilan birga, bu qadam Ukraina ichki siyosiy muhitida ham keskin bahs va tortishuvlarga sabab bo‘lishi aniq.
Hozircha rasmiy Kiyev tomonidan bu haqda aniq bayonot berilgani yo‘q. Ammo diplomatik muhitdagi qizg‘in muhokamalar, Tramp va Putin uchrashuvi oldidan bu mavzu yanada dolzarb va markaziy nuqtaga aylanishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Ukraina bosib olingan hududlar bo‘yicha kelishuvga tayyormi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar