Professional futbol olamida o‘zining yuqori darajadagi to‘purarlik mahorati bilan katta obro‘ qozongan Harri Keyn yana bir muhim qadam ostonasida turibdi. “Tottenhem” safida uzoq yillar davomida maydonlarda yorqin o‘yin ko‘rsatgan va keyin “Bavariya” tarkibida ham hujumda yetakchiga aylangan ingliz forvardining keyingi yo‘nalishi Ispaniya La Ligasi bo‘lishi ehtimoli tobora ortib bormoqda.
Ishonchli manbalar xabar berishicha, “Barselona” rahbariyati 2026 yil yozgi transferlar oynasi davrida Keynni o‘z tarkibiga qo‘shib olish niyatida. Bu tasodifiy qaror emas — klub bir necha mavsumdan beri tajribali hujumchiga qiziqish bildirib keladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Harri Keynning “Bavariya” bilan tuzgan shartnomasida 2026 yilning yoz faslida jamoasini o‘zgartirish imkonini beruvchi maxsus band mavjud. Kataloniyaliklar aynan shu imkoniyatdan foydalanib, transferni amalga oshirish rejasini tuzishgan.
32 yoshli Keyn “Tottenhem” safida o‘tgan yillar davomida ko‘plab gollar urganiga qaramay, klub bilan katta sovrinlarga erisholmagandi. Biroq o‘tgan mavsumda u “Bavariya” safida Bundesliga chempioni bo‘lib, o‘z karyerasidagi katta bo‘shliqni yopishga muvaffaq bo‘ldi. Uning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyuniga qadar davom etadi.
Harri Keynning shaxsiy statistikasi ham muxlislarni hayratga soladi. Klublar darajasidagi faoliyati davomida u jami 610 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 392 ta gol urgan va 105 ta assist bergan. Angliya milliy terma jamoasida esa, 107 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 73 marta ishg‘ol qilgan.
Agar bu ehtimoliy kelishuv amalga oshsa, “Barselona” hujum chizig‘i yanada kuchayadi va klub La Ligada ham, Yevropa maydonlarida ham raqiblar uchun jiddiy tahdidga aylanishi mumkin. Muxlislar esa, bu jarayonni katta qiziqish va hayajon bilan kuzatmoqda.
Harri Keyn “Barselona”ga o‘tish yo‘lida yangi bosqichda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar