date

12-avgust oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi

12-avgust oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi
O‘zbekiston Markaziy Banki tomonidan oʻlchovli oltin quymalarning 12-avgustdagi sotuv narxlari e'lon qilindi.

1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 7000 so‘mga kamaygan.

O‘lchovli oltin quymalarning narxlari quyidagicha:
5 gram - 7 043 000 so‘m.
10 gram - 14 086 000 so‘m.
20 gram - 28 171 000 so‘m.
50 gram - 70 428 000 so‘m.
100 gram - 140 856 000 so‘m.

O‘lchovli oltin quymalarni O‘zbekistondagi barcha banklarning ofislaridan xarid qilish mumkin.

Eslatma: Bank ofisiga borishdan oldin oltin quymalar mavjudligini aniqlashtirib olish yodingizdan chiqmasin. Oltin narxi jadal sur'atda oshib borayotganligi sababli sotuvlarning hajmi ham ortgan. Ko‘plab bank ofislarida oltin quymalarning tugab qolish ehtimoli mavjud.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 12-avgust oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi