Foto: YouTube/Dokumentalnoye kino na Pervom
Rossiyaning eng boy kishilaridan biri Alisher Usmonov o‘zining birinchi biznes-sxemasini talabalik davrida kartoshka tergani borganida o‘ylab topgan. U bu haqda Vyacheslav Duxinning «MGIMO. Dunyoning barcha tillarida» nomli hujjatli filmida aytib berdi.
USM Holdings asoschisi 1976 yilda bitirgan oliy ta’lim dargohi haqidagi xotiralari bilan bo‘lishdi. O‘sha davrda talabalarni kartoshka tergani jo‘natishgan va bo‘lajak milliarder hayotidagi birinchi biznes-sxemasini o‘shanda o‘ylab topgan.
«Taroziga qarab turibman. ZIL keldi, 3600 kilo. Bizda esa kichkina traktor bor edi – 1200 kilo. O‘ylab qoldim, 3600 3500 bo‘lsa, bizniki 1300 bo‘lsa, bizda ko‘proq kartoshka bo‘ladi va rejani tezroq bajaramiz. Uch kundan keyin kartoshka terish bo‘yicha ko‘rsatkichimiz shunday ko‘tarilib ketdiki, meni bir haftadan so‘ng Moskvaga jo‘natib yuborishdi, bir oylik rejani bajarib qo‘ygandik», - dedi Usmonov.
Tadbirkor shuningdek, dastlab o‘qishga kira olmaganini ham esladi.
Usmonovning eslashicha, o‘sha paytda sobiq ittifoq respublikalari uchun ham MGIMOga kirish uchun kvotalar ajratilgan. Alisher Usmonov milliy kvota bo‘yicha hujjat topshirgan. To‘rt da’vogar orasidan eng yuqori ballni u olganiga qaramasdan, undan ozroq ball olganlar – yuqori lavozimdagi amaldorlarning farzandlari o‘qishga kirishgan.
“Agarda milliy kvota bo‘yicha emas, umumiy yo‘nalishda hujjat topshirgan bo‘lganimda, o‘qishga bemalol kirgan bo‘lardim”, dedi u.
Shundan so‘ng Usmonov O‘zbekistonga qaytgan va qilichbozlik bilan shug‘ullangan. U sport ustasiga aylangan, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga, keyinroq SSSR terma jamoasiga qabul qilingan. Keyingi yili esa Moskvaga qaytib borib, MGIMOga o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi