07:43 / 29.10.2019
12 681

Yer sayyorasida nechta qiyofadoshingiz borligini bilasizmi?

Yer sayyorasida nechta qiyofadoshingiz borligini bilasizmi?
Sizga ham sizning qiyofadoshingizni ko‘rishganligi yoki xuddi sizga o‘xshash inson borligi haqida hech aytishganmi? Sizning doppelgangeringiz, ya’ni sizga biologik aloqasi bo‘lmagan qiyofadoshingiz yer sharining qaysidir burchagida yashamoqda, ammo siz bundan bexabarsiz. Tabiiyki, u ham.

Tarixiy manbalarga ko‘ra, bunday qiyofadoshlar odatda sizning yovuz egizagingizdir. Ammo hozirgi kunda bu fikr noto‘g‘ri ekanligini bilib olishimiz mumkin bo‘lgan ko‘pgina ma’lumotlar mavjud.

Bunday fazoviy egizagingiz siz bilan bir xil ko‘rinishga ega bo‘lishidan tashqari, qiziqish va xohishlaringiz ham mushtarak bo‘lishi mumkin ekan.

Mashhurlar hayotida o‘zining qiyofadoshini topish hodisasi ko‘p uchraydi, chunki ularni butun dunyo taniydi va ularning qiyofadoshlari ham tez ko‘zga tashlanadi.
]
Shunday ekan, siz hozir bir vaqtning o‘zida Angliyada, Shveysariyada, Kombodjada, Hindistonda, Kanadada, Nigeriyada va hattoki Antarktidada ham kezib yurgan bo‘lishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yer sayyorasida nechta qiyofadoshingiz borligini bilasizmi?