11:00 / 02.05.2020
2 896

Ro‘zaning dunyo va oxiratdagi foydalari

Ro‘zaning dunyo va oxiratdagi foydalari
Inson tabiatining talabi shuki, uning aqliga nafsi ustidan hamisha g‘oliblik hosil bo‘lsin. Magar, bashariy talab sababidan ko‘p vaqtlarda uning nafsi aqlining ustidan g‘olib keladi. Shunga ko‘ra, nafsning tarbiyasi va tazkiyasi uchun islom ro‘zani tayin qildi.

1. Ro‘za sababli insonning aqliga nafsi ustidan to‘la-to‘kis g‘oliblik hosil bo‘ladi. (ya’ni uning aqli nafsi ustidan g‘olib turadi).

2. Ro‘za sababli Allohdan qo‘rquv va taqvo sifati paydo bo‘ladi. Chunonchi, Alloh shunday marhamat qiladi: “Ro‘za sizlarga shuning uchun farz qilindi, toki, taqvodor bo‘lsangiz“.

3. Ro‘za inson uchun bir ruhiy ozuqadir. Oxirat hayotida insonga bir ozuqa ish beradi. Bu ozuqani o‘zlari bilan olmagan odamlar, u vaqtda och va chanqoq bo‘ladilar hamda ularga qashshoqlik zohir bo‘ladi, chunki ular o‘z ozuqalarini birga olib kelmadilar. Shu narsa aniqki, faqat Alloh taoloning rahmat xazinasidan insonga yetadigan, yeb-ichadigan barcha narsalarni inson bu dunyoda (Allohning hukmi tufayli) tark qiladi. Ularning evazini oxiratda albatta beradi. U bu dunyodan ko‘ra yaxshiroq va afzalroq bo‘ladi.

4. Ro‘za Allohga muhabbatning bir katta belgisidir. Masalan, bir kimsa birortaning muhabbatida g‘arq bo‘lsa, yeb-ichishni tark qiladi va ayoli ila aloqalarni ham unutib qo‘yadi. Xuddi shunday ro‘zador ham Allohning muhabbatiga g‘arq bo‘lib, ayni shu holatni izhor qiladi. Ayni shu sababli ro‘za Allohdan boshqa birorta uchun joiz emas.

5. Ro‘zaning bir xususiyati shuki, Alloh taologa shukr qilishlik imkoni nasib bo‘ladi va shuningdek qalbda g‘amxo‘rlik hissi paydo bo‘ladi. Chunki, unga hech qachon ochlik va chanqoqlik hissi paydo bo‘lmagan bo‘lsa, u holda ochlar va chanqoqlarning xolidan qanday xabardor bo‘la oladi va Haq taoloning ne’matlarini haqiqiy shukrini qanday ado qila oladi?

Garchi til ila ado qilib olsa-da, lekin o‘zida ochlik va chanqoqlik asari hamda kuchsizlik va zaiflik hissi bo‘lmasa, u Haq taoloning ne’matlariga to‘la-to‘kis shukr qila olmaydi. Qachonki biror kimsaning biron-bir mahbub (sevimli) va marg‘ub (yoqtirgan) narsasi ketib qolsa, o‘shanda u narsaning qadri ma’lum bo‘ladi.

6. Ro‘za ruh va jismning salomatligiga sababdir. Chunonchi, tabiblar (shifokorlar) kam yeb-ichishlikni jismoniy salomatlik uchun va so‘fiy kiromlar qalbning pokligi uchun foydali deb yozganlar. Ro‘za tutishlik ila insonga o‘zining ojizligi va muhtojligi hamda Alloh taoloning ulug‘ligi va qudrati namoyon bo‘ladi.

8. Ro‘za ila basirat ko‘zi (ya’ni, qalb ko‘zi) ochiladi. Oqibatni o‘ylashlik taraqqiy topadi.

9. Hayvonlar kabi hayot va xislatlardan uzoq bo‘ladi.

10. Farishtalarga qurbat hosil bo‘ladi.

Ashraf Ali Taxanoviy
Abdulqayum Komil tarjimasi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ro‘zaning dunyo va oxiratdagi foydalari