date

109 mln. so‘m jinoiy jarima undirildi

109 mln. so‘m jinoiy jarima undirildi
Majburiy ijro byurosi Bektemir tuman bo‘limi ish yurituviga JIB Shayhontoxur tuman sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor fuqaro N.K.dan undiruvchi davlat foydasiga 109 mln. 650 ming so‘m miqdoridagi jinoiy jarima undirish to‘g‘risidagi ijro ishi 13.02.2025 yilda kelib tushgan.

Mazkur ijro ishi bo‘yicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan “Lasetti” avtotransport vositasi qidiruvga berilgan. Olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida qarzdorning avtoulovi topilib, xatlangan va jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Shundan so‘ng, qarzdor jarima maydonida joylashtirilgan avtoulovini olib ketish maqsadida, salkam 110 mln. so‘m miqdoridagi jinoiy jarima summalarini to‘liq to‘lagan va uning avtotransport vositasiga nisbatan o‘rnatilgan bandlar bekor qilinib, taqiq yechilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 109 mln. so‘m jinoiy jarima undirildi