AO «UzAuto Motors» yangi avlod Chevrolet Tahoe 2025 savdosi boshlanganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonga olib kelinadigan Chevrolet Tahoe 2025 High Country versiyasi bo‘lib, u oiladagi eng kuchli 6,2 litr hajmli V8 dvigatel va 10 bosqichli avtomatik uzatma qutisi bilan jihozlangan. Ushbu turkum 420 ot kuchiga ega bo‘lib, avtomobil 100 km/soat tezlikka atigi 8 soniyada erishadi hamda yonilg‘i samaradorligi bilan ham ajralib turadi.
Avtomobil to‘liq harakatlanish tizimi va yangi adaptiv pnevmatik podveskaga ega. 24 dyuymli eksklyuziv dizayndagi g‘ildiraklar bilan u har qanday yo‘l sharoitida ham yuqori qulaylik va mukammal boshqaruvni ta’minlaydi.
Tashqi ko‘rinishida xrom elementlar, yirik radiator panjarasi, animatsion yoritish tizimi va panoramali tom mavjud. Salonida esa avtomatik ochiladigan qadamalar, qo‘l tegmasdan ochiladigan orqa eshik va High Country emblemalari maksimal darajadagi versiyaga xoslikni namoyon etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!