Ilon Maskga tegishli X va xAI kompaniyalari Apple va OpenAI’ni sudga berdi. Ularning aytishicha, bu ikki yirik texnologiya kompaniyasi birlashib, boshqa raqobatchilarga yo‘l bermayapti. Bu esa bozorda adolatli raqobatni buzmoqda.
Sud hujjatlarida aytilishicha, Apple o‘z telefonlari va boshqa qurilmalariga faqat OpenAI chat-botini qo‘shib qo‘ygan. Shuning uchun boshqa sun’iy intellekt dasturlari foydalanuvchilarga yetib borishi qiyinlashgan. Bu holat OpenAI’ga katta ustunlik beradi va boshqalarni orqada qoldiradi.
Ilon Mask bundan oldin ham Apple va OpenAI’ni adolatsiz kelishuvlarda ayblagan edi. OpenAI esa bu gaplarni “Maskning odatiy hujumi” deb atadi. Apple esa hozircha bu da’volarga javob bermagan.
Mask aslida OpenAI’ni Sem Altman bilan birga 2015-yilda tashkil etgan edi. Lekin vaqt o‘tib, ular o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘ldi va oxir-oqibat raqibga aylanishdi. Mask hozir o‘zining xAI va Grok kabi yangi sun’iy intellekt dasturlarini yaratib, OpenAI bilan raqobat qilmoqda.
Sudga topshirilgan hujjatlarda aytilishicha, Apple va OpenAI o‘rtasidagi maxsus kelishuv nafaqat raqobatni kamaytirgan, balki yangiliklarni sekinlashtirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar