07:37 / 23.09.2020
3 643

Besh ming qadam piyoda yurgan odam sog‘lom bo‘ladi

Besh ming qadam piyoda yurgan odam sog‘lom bo‘ladi
Foto: “Xalq so‘zi”
Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga tashrifi davomida tumanda keksa yoshdagi kishilar piyoda yurishi, bu esa salomatlikka katta foydasi borligi alohida ta’kidlangan edi. Shu bilan «5 ming qadam piyoda yurish» aksiyasi tashkil etildi.

Ushbu tadbir sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi bo‘lgani uchun ham boshqa hududlarda muntazam o‘tkazib borish tavsiya etilgan edi.

Uchtepa tumanidagi Lutfiy sayilgohida tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan «5 ming qadam piyoda yurish» aksiyasi uyushtirildi. Unda hududdagi oltmishga yaqin mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, ularning keksa-faxriy ishlari bo‘yicha maslahatchilari, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etdi.

— Piyoda yurgan odam har tomonlama sog‘lom, kayfiyati ham yuqori bo‘ladi, — deydi «Katta Qa’ni» mahalla fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchisi Ergash ota Holqosimov. — Har kuni tongda va kechki payt oila a’zolarimiz bilan piyoda yurishni kanda qilmaymiz. Bolalarim, nabiralarim ham shunga o‘rganishgan. Bugungi aksiya esa sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga xizmat qiladi. Bunday tadbirlarni tez-tez o‘tkazish kerak, deb hisoblayman.

Tadbirda ishtirokchilar uchun tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan turli kuy-qo‘shiqlar va ko‘ngilochar namoyishlar tashkil etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Besh ming qadam piyoda yurgan odam sog‘lom bo‘ladi