Foto: «Zdraveda.ru»
Boston universiteti Tibbiyot maktabi olimlari qon tarkibida D vitamini darajasi me’yorda bo‘lsa, yangi koronavirusni yuqtirganda o‘lim va og‘ir holatlarning xavfi kamayishini aniqlashdi, deb yozadi «PLOS ONE».
Xabarda aytilishicha, mutaxassislar 235 nafar bemorning qon namunalarini o‘rganishgan va zardobda D vitamini darajasi markeri — D 25-gidroksivitamini miqdorini hisoblashgan.
Buni qarangki, D vitamini yetarli darajada bo‘lgan COVID-19 bemorlarida noxush klinik belgilar — o‘lim yoki og‘ir asoratlar ancha kam kuzatilgan.
«Ushbu tadqiqot natijalari yetarli miqdordagi D vitamini asoratlar, jumladan, gipersitokinemiya va oxir-oqibat, COVID-19 tufayli o‘limning oldini olishi mumkinligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalil bo‘la oladi», — dedi tadqiqot rahbari, doktor Maykl Xolik.
JSST ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan hafta koronavirusga chalinganlar soni dunyo bo‘yicha qariyb ikki millionga ko‘paydi. Bu oldingi haftaga qaraganda 6% ko‘p.
Eng murakkab epidemiologik vaziyat Shimoliy va Janubiy Amerikada kuzatilmoqda. O‘tgan hafta u yerda kasallanganlar soni oldingi hafta bilan taqqoslaganda 38% (qariyb 770 ming kishi)ga ko‘paygan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Superliga. 2025 yilgi mavsum qachon start olishi ma’lum qilindi
AQSH Yaponiyaga HIMARS tizimlarini joylashtiradi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Filippin poytaxtida boshlangan yong‘inda mingga yaqin uylar yonib ketdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi