Jigardagi kasalliklarni bahorda davolagan ma’qul, har qanday jigar xastaligini behi suvi yaxshi davolaydi. Buning uchun behi sharbatidan kuniga bir-ikki kosa ichish kerak bo‘ladi. Necha kun ichish kasallikning og‘ir-yengilligiga, eski-yangiligiga qarab belgilanadi.
Oshqovoq suvi jigarga nihoyatda foydali, u sariq kasalligining oldini ham oladi.
- Quruq o‘rik (turshak) peshob haydovchi bo‘lgani uchun jigar faoliyatini yaxshilashda qo‘l keladi.
- Bodring, sabzi va lavlagi suvini olib, aralashtirib ichilsa, jigar xastaliklarini davolaydi.
- Jigar qurishi kasalini bartaraf etishda 60 gr. asalga 3 gr. bog‘ yalpiz suvini qo‘shib uch mahaldan ichiladi.
- Jigar kuchsizligini davolashda za’faron, anor doni va mayizni urug‘i bilan chaynab yeyish qo‘l keladi.
- Har kuni 3,5 gr. zira iste’mol qilib yurilsa, jigarni mustahkamlaydi.
- Shirin anor suvini muntazam iste’mol qilib yurilsa, jigar tozalanadi va quvvati ortadi.
- Baliqni olovda kabob qilib yeyilsa, zaiflashgan jigarga juda foydali.
- Kuniga uch donadan achchiq bodomni asalga qo‘shib yeb yurilsa, jigar xastaliklariga davodir
.- O‘n besh gramm qovun urug‘i yanchib yeyilsa, jigardagi tiqinlarni ochadi.
- Qurutni suvda ezib ichilsa (qurtob) jigar haroratini pasaytiradi.
- Limon suvini shakarli choyga aralashtirib ichilsa, jigarga quvvat bag‘ishlaydi.
- Kuniga 80-100 gramm shavel yeb yurilsa, jigarni mustahkamlaydi.
- Yigirma gramm semizo‘t urug‘ini yanchib elakdan o‘tkazib, shakarli suv bilan ichilsa, jigar haroratini pasaytiradi.
- Shirin olma sharbati va anjir jigarni quvvatli qiladi.
- Xom xondon pista mag‘zi jigar sovuqligiga davo.
- Oshqovoqni suvda qaynatib yeyilsa, jigar haroratini pasaytiradi.
- Bir yarim-ikki gramm qalampirmunchoqni yanchib, yangi sog‘ilgan sigir suti bilan nahorga ichilsa, jigarga quvvat beradi.
- Sabzini suvda qaynatib, so‘ng u asalga qo‘shib yeyilsa, qonni tozalaydi va jigarga yordam beradi.
- Sirka va asal qo‘shib yeb turilsa, jigar xastaliklariga shifo bo‘ladi.
- Jigari xastalangan bemorlar tovuq go‘shti, anor, mayiz, no‘xat iste’mol qilishlari, qatiq ichib turishlari kerak.
- Agar jigaringiz kamquvvat bo‘lsa, ravoch ildizini mayda kesib, quritib, havonchada yanchib shisha idishga solib qo‘ying-da, undan ertalab yeb turing.
- Jigar og‘rig‘ini qoldirishda na’matakdan damlangan choy eng shifobaxsh malhamlardan sanaladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Superliga. 2025 yilgi mavsum qachon start olishi ma’lum qilindi
AQSH Yaponiyaga HIMARS tizimlarini joylashtiradi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Filippin poytaxtida boshlangan yong‘inda mingga yaqin uylar yonib ketdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi