15:44 / 01.04.2021
2 963

Ozdiradi, qon bosimini tushiradi: Gulkaramni kanda qilmaslik uchun 5 sabab

Ozdiradi, qon bosimini tushiradi: Gulkaramni kanda qilmaslik uchun 5 sabab
Foto: Harper’s Bazaar
Uglevod, kletchatka, antioksidant, vitamin, kaliy, shuningdek, kalsiy va temirning koni hisoblangan gulkaramni iste’mol qilish uchun sabablar va uni to‘g‘ri tayyorlash usuli haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Qanday foydasi bor?

Yallig‘lanish jarayonlarini to‘xtatadi
Gulkaram tarkibidagi antioksidantlar hujayra devorlarini mustahkamlab, uni shikastlanishlardan saqlash bilan birga, oksidlanish jarayonlarini ham oldini oladi. Bu immunitetni sustlashishi va surunkali kasalliklar kelib chiqish xavfini kamaytiradi.

Arterial qon bosimni nazorat qiladi
Gulkaram tarkibidagi sulforafan, qon bosimini me’yorlashtirib, yurak qon-tomir kasalliklarini oldini oladi.

Suyaklarni mustahkamlaydi
Suyaklarning mustahkamligi uchun javob beradigan K vitaminiga boy ushbu mahsulot qon quyilishi hamda qon tomirlarni elastikligini yaxshilaydi.

Immunitetni mustahkamlaydi
Gulkaramning bir porsiyasida C vitaminining kunlik me’yori mujassam bo‘ladi. Ushbu vitamin organizmni viruslarga chidamliligini oshiradi, yallig‘lanish jarayonlarini oldini olib, organizmda antitanachalar ishlab chiqarilishini jadallashtiradi.

Vazn kamayishiga hissa qo‘shadi
Aksariyat sabzavotlar singari uglevodning koni sanalgan gulkaram kletchatka va vitaminlarga boy ekani sabab ham vazn tashlamoqchi bo‘lganlar uchun ayni muddao sanaladi. Aynan shu sabab ham parhezshunoslar kaloriyasi kam bo‘lgan mazkur mahsulotni kanda qilmaslikni, makaron va guruch o‘rniga iste’mol qilishni tavsiya qiladi.

Qanday tayyorlash kerak?
Gulkaramdan pyure tayyorlash mumkin. Buning uchun unga murch va ziravorlar, shuningdek, zaytun yog‘i qo‘shib bug‘da dimlab pishirish kerak.

Pyureni uncha yoqtirmaydigan bo‘lsangiz, gulkaramni bir-ikki qoshiq o‘simlik yoki zaytun yog‘ida qovuring. Ustini ko‘katlar bilan bezang. Glikemik ko‘rsatkichi past bo‘lgani uchun ham bunday taom kechki ovqat uchun ayni muddao bo‘ladi.

Bundan tashqari gulkaramdan pitssaning xamirini ham tayyorlasa bo‘ladi. Buning uchun uni pyure holiga keltirib, tuz va tuxum qo‘shing. 6-8 daqiqaga pechga qo‘ying. Ustidan istalgan nachinka soling va yana 20 daqiqa pishirib oling. Qolaversa, sabzavotli smuzi uchun ham gulkaramdan yaxshisi bo‘lmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ozdiradi, qon bosimini tushiradi: Gulkaramni kanda qilmaslik uchun 5 sabab