Foto: Pinterest
Chiroyli qomat – nafaqat doimiy mashg‘ulotlar va to‘g‘ri ovqatlanish, balki do‘kon aylanish, restoranda taom buyurtma qilish kabi kichik yumushlar natijasi bo‘lishi ham mumkin. Har holda Gollivudning yulduzlari shunday deb o‘ylaydi hamda quyidagi oddiy holatlardan ham unumli foydalanadi.
Kundalik yumushlar
Kundalik uchun kiyim tanlash kabi oddiy hodisalar ham nafaqat aqlni ishlatishga undaydi, balki vazn kamayishiga ham olib keladi. Ushbu vazifani shunchaki zerikmaslik uchun emas, aksincha bu orqali qancha kaloriyadan xalos bo‘lish va ideal qomatga yaqinlashishni tasavvur qilish kerak.
Ish
Xo‘sh, kompyuterda ishlash zararlimi? Aslida ha, ammo bu borada bir qancha istisnolar ham mavjud. Monitor oldida ishlash ham ozishga yordam beradi. Masalan, hujjatlari tekshirish, saytlarni kuzatish yoki grafika va jadvallar tuzish bilan soatiga 101 kkal sarflash mumkin.
Oila
Insonga, albatta, ilk navbatda uning yaqinlari quvonch ulashadi. Ajoyib kayfiyat beruvchi hayotdagi sodiq do‘stlar, oila a’zolar va qadrdonlar fitness o‘qituvchilari hisoblanadi. Garchi buni o‘zlari bilmasa ham.
Shahar tashqarisidagi hordiq
Masalan, yaxshi ob-havoda tabiat qo‘ynida dam olish juda foydali. Toza havo, ko‘zni quvontiradigan va kayfiyatni yaxshilaydigan manzara tufayli kaloriyalar sarflanadi va mushaklarga kuch yig‘iladi. Shuningdek, bog‘bonlik ham soatiga 300 kkal sarflanishiga olib keladi va o‘z-o‘zidan ortiqcha vazn bartaraf etiladi.
Sayohat
Albatta, bir joydan ikkinchi joyga sayohat qilish oson ish emas. Buning uchun bir qancha ishlarni amalga oshirish lozim: mashinaga o‘tirish, uni boshqarish, manzilga qadar piyoda kirib borish va uchish. Natijada yaxshi kayfiyat bilan birgalikda faollik kuzatiladi. Bu esa insonning tashqi ko‘rinishini yanada yaxshilaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi